• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Voqealar Toshkentdagi maktabda o‘quvchi qizlar va o‘qituvchilar o‘rtasida ro‘mol sabab kelishmovchilik yuzaga keldi
Voqealar

Toshkentdagi maktabda o‘quvchi qizlar va o‘qituvchilar o‘rtasida ro‘mol sabab kelishmovchilik yuzaga keldi

  • 07.09.2022 / 14:31
  • 308
  • 0
111

Аvvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tuman Xalq taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi 63-sonli o‘rta umumtaʼlim maktabida sodir bo‘lgan voqealar aks etgan videolavha tarqaldi. Tuman hokimligi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 6-sentabr kuni soat 7:30 da maktabning kirish qismida muassasa rahbari R.Vahabova, Maʼnaviyat va maʼrifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Umarova hamda sinf rahbarlari birgalikda o‘quvchilarni kutib olishgan.

O‘quvchi-qizlar orasida darsga kechikib, taqinchoqlar taqib, kiyinish madaniyatiga rioya etmay kelgan qizlarga maktab direktori tomonidan odob-axloq qoidalari, taʼlim dargohida o‘zini tutish tartiblari, qizlar boshiga ro‘molini ixchamlashtirgan holda va och rangdagi ro‘mol o‘rashlari haqida tushunchalar berilgan.

Bundan ayrim o‘quvchi-qizlar norozi kayfiyatda bo‘lgan hamda 10-“А” sinf o‘quvchisi O.Rashidova onasi H.Rashidovaga qo‘ng‘iroq qilgan. Maktab direktorning tushuntirishlaridan norozi bo‘lgan fuqaro H.Rashidova shu zahoti tuman xalq taʼlimi bo‘limi mudiri O.Yarashevga murojaat qilgan.

Tuman xalq taʼlimi bo‘limi mudiri topshirig‘iga asosan tuman xalq taʼlimi bo‘limi maʼnaviy-axloqiy tarbiya sho‘ʼbasi mudiri D.Mo‘minova shu kuni soat 8:30 da mazkur taʼlim muassasasiga kelib, norozi kayfiyatda bo‘lgan 7 nafar o‘quvchi-qizlar bilan tushuntirish ishlari olib borgan. Qizlar noto‘g‘ri tushunganliklari aytib, uzr aytib, yaxshi kayfiyatda dars mashg‘ulotlariga chiqib ketishgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar