• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat “UZKAD” tizimidan xabardormisiz...
Siyosat
Iqtisodiyot

“UZKAD” tizimidan xabardormisiz...

  • 08.09.2022 / 14:40
  • 1272
  • 0
111

Xabaringiz bor, joriy yilning 24 avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-198-sonli “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan “Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimi” (UZKAD) koʻchmas mulkka oid yagona axborot bazasi hisoblanadi. Bunda tizimdagi maʼlumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi.

Agar turar joy UZKAD tizimidagi notoʻgʻri maʼlumotlarga ishonib xarid qilingan boʻlsa, 3 yildan keyin sotib oluvchidan (insofli egallovchi) ushbu uyni talab qilib olish mumkin emas. Dastlabki mulkdorga yetkazilgan zarar davlat tomonidan qoplanib, keyinchalik aybdordan undiriladi.

Hukumat va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “snos” jamgʻarmalari Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalarga (kompensatsiya jamgʻarmalari) aylantirildi.

Aholi va tadbirkorlarga yetkazilgan quyidagi zararlar kompensatsiya jamgʻarmalaridan toʻlab beriladi:
•  davlat organi, mansabdor shaxs, xususan, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning qonunga xilof harakatlari natijasida mulkdorga yetkazilgan, sud qarori bilan aniqlangan zarar;
•  koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga noqonuniy yoki haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarning kiritilishi natijasida unga ishonib harakat qilgan shaxslarga yetkazilgan zarar;
•  turar joy insofli egallovchidan talab qilib olinmasligi natijasida uning haqiqiy egasiga yetkazilgan zarar.

Sudlarda fuqarolarga nisbatan mulkiy daʼvolar kiritishda davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari soni qisqartiriladi, fuqarolar esa oʻz mulkini oʻzganing noqonuniy egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolari boʻyicha davlat bojidan ozod qilinadi.

Zafarjon Akramov 
Oltiariq tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar