• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Namanganda yiliga bir million dona mahsulot ishlab chiqaradigan korxona qurilmoqda
Iqtisodiyot

Namanganda yiliga bir million dona mahsulot ishlab chiqaradigan korxona qurilmoqda

  • 11.09.2022 / 11:55
  • 100
  • 0
111

Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Davlatobod tumanidagi “Fazman” MCHJ loyihasini koʻzdan kechirdi. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Bu yerda Germaniya va Turkiya davlatlaridan olib kelingan uskunalar yordamida “HUGO BOSS” brendi ostida kostyum-shim, shuningdek, ekaklar, ayollar va bolalar kiyimlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

10 gektar yer maydonida ish boshlovchi ushbu loyihaning umumiy qiymati 100 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Korxona yiliga 1 mln dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi, yillik eksport hajmi esa 15 mln dollar boʻlishi kutilmoqda.

Ushbu loyiha ishga tushishi hisobiga esa 3000 ta yangi ish oʻrni yaratiladi, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar