• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Madaniyat Fargʻonada bayram tadbirlarida fonogrammada qoʻshiq aytish taqiqlandi
Madaniyat

Fargʻonada bayram tadbirlarida fonogrammada qoʻshiq aytish taqiqlandi

  • 13.09.2022 / 16:01
  • 1347
  • 0
111

Bu haqida bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Fargʻona viloyati madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.

IMG_20220913_224056_991

Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda viloyat madaniyat va sanʼat masʼullari, teatrlar rahbarlari, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, sanʼatkorlar, soʻz ustalari, yosh ijodkorlar, turli jabhalarda mehnat qilayotgan sohaning fidoyilari ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻz olgan viloyat rahbari yigʻilganlarga soha rivoji yoʻlidagi xizmatlari uchun, shuningdek, yaqinda oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami shodiyonalarini katta muvaffaqiyat bilan tashkil etganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

IMG_20220913_224048_651

Bundan buyon Fargʻona viloyatida oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda sahnaga chiqadigan qoʻshiqchilar va qoʻshiqlar ochiq tanlov asosida tanlab oshiradigan boʻldi. Yangi qoʻshiqlar, yangi ijrolar kerakligiga urgʻu bergan viloyat hokimi, “Sanʼatda yoshlar raqobatga chiqsin” degan fikrni bildirdi.

Viloyat rahbarining Fargʻonada viloyat bayram tadbirlarida fonogrammada qoʻshiq aytish taqiqlanishi, ijrochilar sahnada cholgʻuchilar bilan birga jonli ijroda kuylashi borasidagi koʻrsatmasi sanʼat ahli tomonidan qarsaklar bilan maʼqullandi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar