• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat “18 yildan beri yashab kelgan uyimning yangi egasi chiqib qoldi”
Jamiyat

“18 yildan beri yashab kelgan uyimning yangi egasi chiqib qoldi”

  • 19.09.2022 / 13:01
  • 298
  • 0
111

Qoʻqonlik yolgʻiz ayol tomonidan shunday murojaat eʼlon qilindi. MIB Fargʻona viloyati boshqarmasi matbuot xizmatining Vodiy24.uzʻga maʼlum qilishicha, ijro harakatlari keyingi davrga qoldirilgan.

Byuroning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yilning 17-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Byuroning Qoʻqon shahar boʻlimi xodimlari tomonidan fuqaro Eʼzozaxon Moʻminovani yashash xonadonidan majburlab chiqarayotganligi haqidagi  eʼtirozlari oʻrganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudining 25.01.2022 yil kungi 12708-sonli daʼvogar R.Axmetjonovni Qoʻqon shahar, Muqimiy shaharchasi 6-uy, 41-xonaga majburiy tartibda kiritib qoʻyish toʻgʻrisidagi ijro hujjati Byuroning Qoʻqon shahar boʻlimi ish yurituviga 28.02.2022 yilda kelib tushgan va ish yurituvi qoʻzgʻatilgan.

Ushbu xonadonda Moʻminova Eʼzozxon ismli ayol yashayotganligi sababli, davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay ushbu Axmedjonov Raximjonni uyga kiritishga qarshilik koʻrsatib, sud qarorini ijrosini taʼminlashga faol qarshilik koʻrsatib kelgan.

Shuningdek, fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudining 15.07.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan javobgar Moʻminova Eʼzozxonni voyaga yetmagan farzandlari bilan birga Qoʻqon shahar, Muqimiy shaharchasi 6-uy 41-xonadondan majburiy tartibda koʻchirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati ham ish yurituvga kelib tushgan.

Shundan soʻng 12.09.2022 yil kuni byuro tomonidan 13.09.2022 yil kuni soat 15.00 ga majburiy ijro harakatlari tayinlanib, javobgar Moʻminova Eʼzozxon Komilovna va tegishli idoralarga maxsus talabnoma bir nusxadan topshirilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida ham javobgar Moʻminova Eʼzozxonga ushbu nizoli uy eshigini ochib mol-mulklarni olib chiqib ketishini soʻralganida u faol qarshilik koʻrsatib, eshikni ochmasligini maʼlum qilgan.

Shundan soʻng xonadon eshigi majburiy tartibda ochilgandan soʻng javobgar Moʻminova Eʼzozxon ogʻzaki murojaat qilib, 20.09.2022 yil kuniga qadar muddat berishlikni, mol-mulklarini olib chiqib ketishini maʼlum qilib, tilxat taqdim qilgan va ijro harakatlari keyinga qoldirilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilmagan.

Hozirda ijro harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar