• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat O‘zbekistonda 1 yanvardan pensiya miqdori yana oshadi
Jamiyat

O‘zbekistonda 1 yanvardan pensiya miqdori yana oshadi

  • 20.09.2022 / 16:38
  • 236
  • 0
111

Bu bo‘yicha tegishli Qonunga o‘zgartish kiritildi. Unga ko‘ra, otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarning boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravari miqdorida amalga oshirilishi belgilandi. (Ilgari 10 baravari edi).

Shuningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 baravaridan 12 baravariga oshiriladi.

Ushbu tartiblar 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda O‘zbekistonda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 324 ming so‘mni tashkil etadi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar