• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Shifokorlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan hududlar ro‘yxati eʼlon qilindi
Iqtisodiyot
Tibbiyot

Shifokorlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan hududlar ro‘yxati eʼlon qilindi

  • 20.09.2022 / 18:54
  • 517
  • 0
111

Qariyb 300 ta tumandagi qishloq vrachlarining oylik maoshi 2 million so‘mga oshiriladi.

Respublikaning chekka hududlarida 3 yil uzluksiz ishlagan shifokorlar rezidenturaga imtihonsiz kirishlari mumkin bo‘ladi. Bu va yana ko‘p narsalar hukumat qarorida ko‘rsatilgan.

Hukumat qarori bilan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlari oylik ish haqiga ustama to‘lashni boshlaydigan chekka hududlar ro‘yxati tasdiqlandi. Gap 297 ta tuman haqida bormoqda. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, yangilangan “Qishloq shifokori” dasturi doirasida chekka va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi oilaviy vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik maoshiga 2 million so‘m ustama bilan to‘lanadi. Shuningdek, mahalliy budjetlar hisobidan shifokorlar tomonidan ipoteka krediti asosida sotib olingan uy-joy narxining 50 foizigacha qoplanadi. Shu bilan birga, ajratilgan miqdor BHMning 500 barobaridan (150 million so‘mdan) oshmasligi kerak;

Bundan tashqari, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda uch yil uzluksiz ishlagan shifokorlar test sinovlarisiz klinik ordinaturaga qabul qilinadi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar