• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Qo‘qon shahar hokimligi uyi buzilgan fuqaroga 32 million so‘m to‘lab beradi
Jamiyat
Huquq

Qo‘qon shahar hokimligi uyi buzilgan fuqaroga 32 million so‘m to‘lab beradi

  • 20.09.2022 / 19:44
  • 318
  • 0
111

Qo‘qon shahar Parpashabof ko‘chasi 316-uyda yashovchi fuqaro Sh.G‘ shahar adliya bo‘limiga murojaat qilib, shahar hokimining qarori bilan uning yashab turgan hovlisi buzib yuborilganligi, buning evaziga esa na yer berilgani na kompensatsiya to‘lab berilganini aytib, mazkur masalada yordam berilishini so‘radi.

Shahar adliya bo‘limi tomonidan murojaat o‘rganilganida haqiqatdan ham fuqaro Sh.G‘.ga tegishli Parpashabof ko‘chasi 316-uy shahar hokimining 2018 yil 1 avgustdagi 605-sonli qarori bilan buzib yuborilganligi aniqlandi. Biroq hokimiyat zaxirasiga olingan 21,85 kv.m yer maydoni o‘rniga berilishi lozim bo‘lgan yer fuqaroga berilmaganligi maʼlum bo‘ldi.

Аdliya bo‘limi tomonidan fuqaroga yetkazilgan moddiy zararni undirish bo‘yicha Fuqarolik ishlari Qo‘qon tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Sud ishni ko‘rib chiqib, fuqaro Sh.G‘ foydasiga shahar hokimligidan 32 371 000 so‘m moddiy zarar undirish bo‘yicha qaror chiqardi.

                                                             O.Meliqo‘ziev, Qo‘qon shahar adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar