• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Аttestatsiyadan o‘ta olmagan xodimning taqdiri nima bo‘ladi?
Fan va ta'lim
Huquq

Аttestatsiyadan o‘ta olmagan xodimning taqdiri nima bo‘ladi?

  • 21.09.2022 / 14:30
  • 274
  • 0
111

Bugun ko‘plab fuqarolarimizning talablariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabr kunidagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qarori asosida qabul qilingan Nizomning 44-bandiga to‘xtalib o‘tamiz.

Ushbu bandning oxirgi kichik bandida “Mutaxassis (oliy maʼlumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega” deb ko‘rsatib qo‘yilgan.

Hozir aynan mana shu “bekor qilish huquqiga ega” degan jumlaga to‘xtalsak. Biz yashayotgan davlatda va jamiyatda shaxs o‘zining belgilangan huquqlaridan foydalanishi yoki foydalanmasligi mumkinligini barchamiz yaxshi tushunamiz. Kimdir bizga sen o‘z huquqingdan nega foydalanding yoki nega foydalanmading deyishga haqli emas.

Shuning uchun yuqorida biz ahamiyat bergan banddagi jumlada ham ish beruvchi Nizomda ko‘rsatilgan huquqidan foydalanishi yoki aksincha foydalanmasligi mumkin. Soddaroq qilib aytganda mutaxassis (oliy maʼlumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda ish beruvchi o‘sha xodim bilan mehnat shartnomasini mehnat qonunchligida belgilangan tartibda bekor qilishi ham yoki bekor qilmasdan yana u bilan ishlashda davom etib, o‘z huquqidan foydalanmasligi, kelgusida xodimining bilim va malakasini oshirib borish choralarini ko‘rishi, bu haqida xodimni rasmiy ravishda ogohlantirishi lozim.

Agar kimdir mutaxassis (oliy maʼlumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadrni majburiy attestatsiyadan o‘ta olmaganligi uchun nega ishdan bo‘shatmading yoki nega ishdan bo‘shatding, deb ish beruvchiga taʼsir chora qo‘llasa, bu noqonuniy deb hisoblanadi.

J.Alijonov

Furqat tumani adliya bo‘limi

yetakchi maslahatchisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar