• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Tibbiyot Xodimga malaka oshirishga borganligi uchun xizmat safari xarajati toʻlanmadi
Tibbiyot
Huquq

Xodimga malaka oshirishga borganligi uchun xizmat safari xarajati toʻlanmadi

  • 21.09.2022 / 16:37
  • 503
  • 0
111

Uchkoʻprik tumani adliya boʻlimi tomonidan tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tibbiyot xodimlari D.Q va N.M (ayol)larning malaka oshirish davrida yashash xarajatlari toʻlab berilmaganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi. 

Murojaatni oʻrganish davomida Uchkoʻprik tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining 2021-yil 6-sentabrdagi 63-sonli buyrugʻi bilan D.Q, N.M va R.Q.lar Oʻzbekiston Respublikasi SSV Respublika oʻrta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi Fargʻona hududiy boʻlinmasiga 2021-yil 6-30-sentabr kunlari asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda malaka oshirish kursiga yuborilganligi, ushbu xodimlargamalaka oshirish davrida yashash xarajatlari toʻlanmaganligi aniqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-apreldagi “Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 174-son Qarorining 7-bandida asosiy ishidan ajralgan holda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish kursiga yuborilgan boshqa shaharlik tinglovchilarga oʻqish joyiga bir marta kelish va ketish, shuningdek, yuboruvchi tomon hisobiga yashash xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi belgilangan.

Uchkoʻprik tumani adliya boʻlimi tomonidan fuqarolar manfaatini koʻzlab, Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudiga “xizmat safari xarajatlarini undirish haqida”gi daʼvo arizasi kiritilib, sudning hal qiluv qarori bilan D.Q va N.M.lar foydasiga Uchkoʻprik tumani Sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimidan xizmat safari xarajatlari undirilishi belgilandi. 

V.Erkabayev 
Uchkoʻprik tuman adliya boʻlimi boshligʻi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar