• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Rishtonda mahalla raislari va o‘rinbosarlariga to‘lanmagan ustamalar undirib berildi
Jamiyat
Huquq

Rishtonda mahalla raislari va o‘rinbosarlariga to‘lanmagan ustamalar undirib berildi

  • 22.09.2022 / 11:13
  • 371
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 5938-son Farmonining 28-bandiga asosan mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha mablag‘lari va byudjet tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hisobidan 2020-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining lavozim maoshiga 30 foiz qo‘shimcha maxsus ustama to‘lash tartibi belgilangan.

Rishton tuman adliya bo‘limi tomonidan mahallalarda o‘tkazilgan “Sayyor qabul”lardan birida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosarlariga ustama pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib murojaat qilishgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF 6324-son Farmonining ilovasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ko‘rsatilgan. Ushbu ilovada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF 5938-son Farmonining 28-bandi o‘z kuchini yo‘qotganligi belgilangan.

Mazkur band, yuqoridagi Farmonga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan bo‘lsada, lekin, ushbu sanaga qadar belgilangan 30 foizlik ustama to‘lab berilishi lozim edi.

Аdliya bo‘limi tomonidan murojaatni o‘rganish davomida mazkur farmonning ijrosi amalda bajarilmaganligi, yaʼni Rishton tumanidagi mahallalarda ishlovchi fuqarolarga jami 155 240 912 so‘m ustamalar to‘lanmaganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan jami 70 nafar fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab, umumiy summasi 155 240 912 so‘m miqdordagi ustama pullari to‘lab berilishi yuzasidan sudga arizalar kiritildi. Sud tomonidan ariza qanoatlantirib berildi.

Sh.Sobirov Rishton tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar