• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Mahalla raisining oila va xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga to‘lanmagan 10 foiz ustamalar undirildi
Jamiyat
Huquq

Mahalla raisining oila va xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga to‘lanmagan 10 foiz ustamalar undirildi

  • 23.09.2022 / 11:57
  • 505
  • 0
111

Oltiariq tuman adliya bo‘limiga aholining turli qatlamidan, shu jumladan davlat idoralari va tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi ishchi xodimlardan ham har-xil mazmundagi murojaatlar kelib turadi.

Xususan, sentabr oyining dastlabki kunlarida mana shunday ishchi xodimlarning bir guruhi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining oila va xotin-qizlar bo‘yicha rais o‘rinbosarlariga lavozim maoshiga to‘lanishi kerak bo‘lgan har oylik 10 foiz ustama haqlari 2022-yilning yanvar, fevral, mart va aprel oylari uchun to‘lanmaganligini bayon qilib, mazkur pul mablag‘larni undirishda amaliy yordam so‘rab adliya bo‘limiga murojaat qilgan.

Ularning shikoyati tegishli tartibda o‘rganilganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 6234-son Farmonining 2-bandida belgilangan 10 foiz ustama haqlari Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining 2022-yil 26 aprel kungi 29-sonli buyrug‘iga asosan hisobxona bo‘limi tomonidan 2022-yil yanvar, fevral, mart, aprel oylariga yig‘inning barcha xodimlariga har oy uchun oylik ish haqlariga qo‘shimcha 10%ustama haqlari to‘lanishi belgilangan. Shunday bo‘lsada, ushbu ustama haqlari faqatgina MFY raislariga to‘lanib kelinayotganligi aniqlandi.

Oltiariq tuman Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga mahalla raisining oila va xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining 72 nafar xodimiga jami 51 659 994 so‘m miqorida ustamalarini to‘lash bo‘yicha belgilangan tartibda taqdimnoma kiritildi hamda murojaat egalariga qo‘shimcha ustama haqlari to‘liq undirilishi taʼminlandi.

А.Yuldashev
Oltiariq tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar