• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Maktabdan – kasb-hunar maktabiga
Fan va ta'lim

Maktabdan – kasb-hunar maktabiga

  • 25.09.2022 / 10:08
  • 141
  • 0
111

Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida ta’limning barcha bosqichlarida nazariy bilimlar va amaliyot jarayonini o‘zaro uyg‘unlashtirish borasida keng ko‘lamli hayotbaxsh islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayni jarayonda oliy va kasbiy ta’lim bo‘yicha dunyoning eng rivojlangan davlatlari tajribasini o‘rganish, ijobiy jihatlarini milliy ta’lim tizimimizga tatbiq etish ishlari izchil dvom ettirilmoqda.

Prezidentimizning 2022 yil 11 maydagi “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining joriy yil 19 sentabr kungi 5/12-19/09-son xatiga asosan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab kasb egalarining mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida umumta’lim maktablarining 5-7 sinf o‘quvchilari uchun turli uchrashuv va sayyor darslar tashkil etish, 7-9 sinf o‘quvchilarining kasbga moyilligini aniqlash bo‘yicha tashxislar o‘tkazib borish, natijalardan kelib chiqib, ishlab chiqarish korxonalari, hunarmandchilik markazlari va boshqa tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil qilish vazifalari belgilangan.

24 sentabr kuni Farg‘ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i To‘ychiboy Boymatov tomonidan Qo‘qon shahridagi kasb-hunar maktabida shaharda joylashgan umumta’lim maktablarining 7-9 sinf o‘quvchilari bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etildi. Unda ta’lim muassasasida o‘rgatilayotgan kasblar, o‘quvchi yoshlarning bu boradagi orzu-maqsadlari, qiziqishlari xususida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Turli yo‘nalishlar bo‘yicha qiziqish bildirgan o‘quvchilarning savollariga batafsil javob berildi.

Ta’kidlash joizki, viloyatning barcha kasb-hunar maktablarida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan bu kabi uchrashuvlar maktablarni bitirayotgan yigit-qizlarga munosib kasb tanlash, kelajakda mukammal kasb egasi bo‘lish, eng muhimi, kasb-hunar maktablarida o‘qish istagidagi o‘quvchilarning tezroq ushbu ta’lim dargohlariga moslashishi uchun sharoit yaratadi.

Ayni paytda 7-9 sinf o‘quvchilarining kasb-hunarga moyilligini aniqlash bo‘yicha ekskursiyalar uyushtirish hamda kasb-hunar maktablaridagi mavjud kasblar bilan tanishtirish ishlari davom etmoqda.

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar