• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Namanganlik ayol eriga hiyonati sabab ham eridan ham oʻynashidan ayrildi
Huquq
Voqealar

Namanganlik ayol eriga hiyonati sabab ham eridan ham oʻynashidan ayrildi

  • 26.09.2022 / 02:01
  • 383
  • 0
111

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov Namangandagi qotillik boʻyicha axborot berdi. 

Joriy yilning 25-sentabr kuni soat 01:30 atrofida Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi 1991-yilda tugʻilgan Sh.A. oʻrtoqlari bilan birga boʻlib oʻtgan gap marosimidan yashash xonadoniga kelgan. Shu vaqtda oʻzining yotoqxonasida telefon apparati chirogʻi yoniqligini koʻrib, turmush oʻrtogʻi unga hiyonat qilayotgan boʻlishi mumkinligini oʻylab, yashash xonadonida boʻlgan pichoq bilan qurollanib, yotoqxonasiga kirgan. Yotoqxonada uning turmush oʻrtogʻi Z.A. boshqa tumanda yashovchi T.Z. (erkak) bilan ishqiy munosabatlarga kirishib, unga hiyonat qilayotganligiga guvoh boʻlgan.

Shundan soʻng Sh.A. ayoli bilan ishqiy munosabatga kirishgan T.Z.ni kiyimsiz holatda tashqariga olib chiqayotganda T.Z. unga qarshilik koʻrsatgan. Shunda Sh.A. qoʻlidagi pichoq bilan T.Z.ni oʻldirish maqsadida uning hayoti uchun muhim boʻlgan organlari joylashgan koʻkrak qafasining chap tomoniga 1 marotaba urib, qasddan oʻldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. 

Xullas oʻz eriga oʻz uyida hiyonat qilgan ayol erini qamoqqa tiqdi va oʻynashini oʻlimiga sababchi boʻldi. Lekin, ayolga hech qanday chora koʻrilmacligi esa fojiadir!

Hiyonat haqida gap ketganda – u oʻzi nima degan savolga javob qidirishga harakat qilaylik.

Hiyonat bu – ikki juftlikdan birining oʻz oldiga qoʻyilgan majburiyati va vazifasini ado etmaganidir. Muammo ham aynan shu yerdan boshlanadi.

Hiyonat sodir boʻlganda juftidan jinsiy qoniqmagan, deb oʻylashadi lekin xiyonatning birinchi sababi xissiy qoniqmaslikdir. Juftlikning abadiyligi jinsiy qoniqish bilan emas ruhiy, hissiy munosabatlar bilan ifodalanadi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar