• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Fargʻonada Yilning eng yaxshi tarbiyachisi kasbiy koʻrik-tanlovining gʻoliblari aniqlandi
Fan va ta'lim

Fargʻonada Yilning eng yaxshi tarbiyachisi kasbiy koʻrik-tanlovining gʻoliblari aniqlandi

  • 26.09.2022 / 21:07
  • 539
  • 0
111

Margʻilon shahridagi 4-sonli DMTTda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2022“ kasbiy koʻrik tanlovining Fargʻona viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. 

Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Fargʻona viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur koʻrik-tanlov tarbiyachilarning ijodkorlik qobiliyatini baholash bilan bir qatorda ularning kasbiy-pedagogik mahoratini yanada oshirishga ham xizmat qildi.

IMG_20220926_210231_993

Tanlovda Fargʻona viloyatining barcha hududlaridagi MTTlarida faoliyat olib borayotgan 75 nafar tarbiyachilar ishtirok etdi.  

Ikki kun davom etgan koʻrik-tanlovning yakuni Margʻilon shahridagi Markaziy Madaniyat uyida boʻlib oʻtdi. Unda “Eng yaxshi metodist tarbiyachi“ , “Eng yaxshi kreativ tarbiyachi“, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan tarbiyachi“ , “Eng yaxshi loyiha muallifi”, hamda “Mohir qoʻl ustasi” kabi jami 5 ta yoʻnalishda 1, 2, 3-oʻrin egalari aniqlandi.

IMG_20220926_210229_068

IMG_20220926_210246_520

Tanlov gʻoliblariga Fargʻona viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalarini boshqarma boshligʻi Yulduzxon Xodjayeva topshirdi.

IMG_20220926_210234_916

IMG_20220926_210239_487

Maʼlumot uchun, yuqoridagi 5 ta yoʻnalishda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan 5 nafar ishtirokchi tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadilar.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar