• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Uchko‘prik tuman hokimligi buzilgan ustaxona uchun 20 million to‘laydigan bo‘ldi
Jamiyat
Huquq

Uchko‘prik tuman hokimligi buzilgan ustaxona uchun 20 million to‘laydigan bo‘ldi

  • 27.09.2022 / 14:17
  • 320
  • 0
111

Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqaro D.N Uchko‘prik tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, tuman markazida o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan radio-magnitafonlarni tuzatish ustaxonasi tuman hokimligi tomonidan 2018-yilda buzib yuborilganligi va buzilgan bino uchun shu kunga qadar kompensatsiya to‘lanmaganligidan norozi bo‘lib, huquqiy yordam ko‘rsatishni so‘radi.

Murojaatni o‘rganilganda, Uchko‘prik MFY Navro‘zshoh ko‘chasida joylashgan mulk huquqi asosida N.D.ga tegishli bo‘lgan “radio-magnitafonlarni tuzatish ustaxonasi” joylashgan yer maydoni Uchko‘prik tumani hokimligining 2018-yil 6-sentabrdagi 1340-sonli qaroriga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olinib, yer uchastkasida joylashgan mulk buzilganligi, shu kunga qadar buzilgan bino uchun kompensatsiya amalga oshirilmaganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 206-moddasiga ko‘ra, Davlat organining mulkdorning mol-mulkini olib qo‘yishga bevosita qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki ekinlar joylashgan yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga qonun hujjatlarida belgilangan hollar va tartibdagina yo‘l qo‘yiladi, bunda mulkdorga olib qo‘yilgan mol-mulkka teng qimmatli mol-mulk mulk huquqi asosida beriladi va uning ko‘rgan boshqa zararlari to‘lanadi yoki mulk huquqi bekor qilinishi bilan yetkazilgan zarar to‘la hajmda to‘lanadi.

Uchko‘prik tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro D.N manfaatini ko‘zlab yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi.

Sudning hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilib, Uchko‘prik tumani hokimligidan fuqaro foydasiga 20 284 000 (yigirma million ikki yuz sakson to‘rt ming) so‘m buzilgan bino uchun zarar undirish belgilandi.

V.Erkabaev
Uchko‘prik tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar