• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq O‘g‘rilik jinoyati: huquqiy asos va mas’uliyat
Huquq

O‘g‘rilik jinoyati: huquqiy asos va mas’uliyat

  • 27.09.2022 / 15:51
  • 249
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakldagi mulk tashkil etadi. Mulk mutloq daxlsiz hisoblanadi va davlat tomonidan qo‘riqlanadi, unga nisbatan har qanday tajovuz qonunga zid deb topiladi. O‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish yoki o‘g‘rilik iqtisodiyot sohasidagi eng keng tarqalgan jinoyatlardan biridir. Talon-toroj qilishning barcha shakllari ichida o‘g‘rilik jinoyati sodir etilish usuli jihatidan eng xavfi qamrog‘i deb topilishi mumkin: unda jismoniy yoki ruhiy ta’sir etish qo‘llanilmaydi; aybdor uni sodir etishda o‘zidagi vakolatlardan va mol-mulkni egallashda aldashdan foydalanmaydi. Aybdor huquqqa xilof va yashirin ravishda, ya’ni boshqa shaxslardan yashirin holda mulkdorning xohish-irodasiga qarshi o‘zganing mulkini o‘zlashtiradi va uni o‘zining mulki sifatida tasarruf eta bosh­laydi. Biroq o‘g‘rilik, statistika ko‘rsatishicha, o‘zganing mul­kini talon-toroj qilishning eng keng tarqalgan usulidir va bu uning ijtimoiy xavfliligini oshiradi. O‘g‘rilik jinoyatining ob’ekti o‘zganing mulkidir.

Hozirgi kunda o‘g‘irlik jinoyati - jamiyat uchun xavfli illat, shuning uchun o‘g‘irlik xodisasi tarkibiy tuzilmasida tajovuz moxiyatini tushunish muxim axamiyatga ega. O‘g‘irlik hodisasi tarkibiy tuzilmasida tajovuz mohiyatini tushunish muhim ahamiyatga ega. Jinoyat huquqi nazariyasidagi umumiy qoidaga binoan ob’ektga nisbatan jinoiy tajovuz qilayotgan jinoyatchi bevosita ta’sir etadigan moddiy ashyolar jinoyat predmeti hisoblanashi to‘g‘risida alohida e’tibor qaratish zarurligini bildirdi. O‘g‘irlik hodisasi tarkibiy tuzilmasida tajovuz mohiyatini tushunish muhim ahamiyatga ega. Jinoyat huquqi nazariyasidagi umumiy qoidaga binoan ob’ektga nisbatan jinoiy tajovuz qilayotgan jinoyatchi bevosita ta’sir etadigan moddiy ashyolar jinoyat predmeti hisoblanadi. Tergov va sud materiallari tahlili huquqni qo‘l­lash­ jarayonida o‘g‘irlikning bevosita ob’ekti va predmetini farqlashda ba’zi bir qiyinchiliklar yuzaga kelayotganini ko‘rsatmoqda. Ularning huquqiy mohiyati fuqarolik qonunchiligimizda hozirgacha aniq belgilan­ma­gan. O‘g‘irlikpred­meti bo‘l­gan mulkning turli xususi­yatlarini o‘rganish o‘g‘irlangan mulkning iqtisodiy qiy­matini, bosh­qa o‘ziga xos xu­­­su­siyatlarini, pirovardida, jabrlanuvchiga yetkazil­gan­ moddiy va ma’naviy zararning haqiqiy darajasini­ aniqlash imkonini beradi.

S.Abdubannonov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudining arxivariusi.

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar