• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Yangi bino yangi – tashabbuslarga qanot
Jamiyat

Yangi bino yangi – tashabbuslarga qanot

  • 27.09.2022 / 18:28
  • 363
  • 0
111

Farg‘ona tumanida “Shoxirmardonobod”, “Toshqo‘rg‘onaziz” mahalla mahalla fuqarolar yig‘inlari yangi binoga ko‘chib o‘tdi. Barcha kulayliklarga ega mazkur maskanlar davlat -xususiy sherikchilik asosida bunyod etildi.

Tadbirkor Odilxon G‘oziev va Nodirjon Islomjonov tashabbusi bilan zamonaviy loyihalar asosida qurib bitkazilgan maskanda mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari va aholi kundalik hayot tarzi uchun kerakli bo‘lgan barcha va sharoitlar yaratilgan. Bu yerda savdo, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish tarmoqlari qurilib, o‘nlab yangi ish o‘rinlari yaratildi.

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi mahalla fuqarolar yig‘inlari yangi binolari uchun zamonaviy mebel jamlanmalari yetkazib berdi.

– “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shoiri ostida bo‘lib o‘tayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida foydalanishga topshirilayotgan ko‘rkam binolar yangi imkoniyat va tashabbuslarga qanot bo‘lmoqda, - deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi raisi Bahodirjon Yulbarsov. – Joriy yilning shu kuniga qadar 23 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga mebel jamlanmalari, 25 ta mahallaga kompyuter to‘plamlari yetkazib berildi. Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar xolidan muntazam xabar olib turilibdi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi matbuot xizmati

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar