• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Odam savdosiga qarshi birgalikda kurashamiz!
Huquq

Odam savdosiga qarshi birgalikda kurashamiz!

  • 29.09.2022 / 20:38
  • 402
  • 0
111

Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Odam savdosi transmilliy, ya’ni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyatdir. O‘zbekiston 2003 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950 yilda qabul qilingan "Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash to‘g‘risida"gi Konvensiyaga qo‘shildi. 2008 yilning 17 aprelida odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilingan edi. Qonunda odam savdosi bilan bog‘liq tushunchalarga izoh berildi; odam savdosiga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, bu sohada davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, odam savdosiga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar, tashkilotlar, odam savdosi profilaktikasi, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish va ularni himoya qilish yuzasidan davlat organlarining hamkorligi, odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilish va ularga yordam ko‘rsatish; voyaga yetmaganlar savdosiga qarshi kurashishning o‘ziga xos xususiyatlari, xalqaro hamkorlik masalalari o‘z aksini topdi. Mazkur Qonunning o‘z vaqtida qabul qilinganligi mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish borasida juda katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

2020 yilning 17 avgustida yangi tahrirdagi “Odam savdosiga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Qonunda yangi normalar kiritildi. Bu odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini ta’minlash tartibi va jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash tartibi, ularga taqdim etiladigan xavfsizlik choralari, boshqa kafolatlar yoritildi. Odam savdosiga qarshi kurashda NNTlar vakolat va vazifalari belgilab berildi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Ularning yuzga yaqini odam savdosiga qarshi kurashish borasida bevosita o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Jumladan, Respublika "ISTIQBOLLI AVLOD" ijtimoiy-axborot markazi, uning viloyatlardagi bo‘limlari hamda hamkor tashkilotlari o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum asosida odam savdosining oldini olish va undan jabrlangan ayollarni reabilitatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqda. Ushbu tashkilotlar 2004 yildan buyon dolzarb aloqa tarmog‘i tashkil etib, noqonuniy migratsiya va uning salbiy oqibatlaridan biri bo‘lgan odam savdosining oldini olish maqsadida aholi orasida axborot-profilaktik ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

M.Mirzaboev,

 Jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudi devonxona mudiri.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar