• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Hududlarni iqtisodiy rivojlantirish markazi: Tadbirkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda
Iqtisodiyot

Hududlarni iqtisodiy rivojlantirish markazi: Tadbirkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda

  • 10.10.2022 / 09:39
  • 764
  • 0
111

Hududlarni iqtisodiy rivojlantirish markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan bir qancha loyihalar izchil amalga oshirib kelinmoqda.

2021 yili «Imkoniyat» loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bo‘lsa, 2022 yilning 6 oyi davomida «Terini kayta ishlash, undan turli aksessuarlar tayyorlash hunarini yoshlarga o‘rgatish» loyihasi amalga oshirildi. Mazkur loyiha doirasida viloyat NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat Fondi tomonidan moliyalashtirilgan 30 mln. so‘m grant mablag‘lari va 30 mln. so‘m shaxsiy ulush hisobidan, jami 60 mln. so‘m mablag‘ evaziga uskuna, dastgohlar va xom ashyo sotib olindi, tashkilot qoshida o‘quv ishlab chiqarish sexi tashkil etildi va uning faoliyatiga usta hunarmandlar ustoz sifatida jalb qilindi.

Loyiha davomida 15 nafar o‘quvchi shogirdlar o‘qitildi. Ulardan 5 nafari bugungi kunda o‘z hunarmandchiligini tashkil etib, teri ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanib kelishmoqda. Qolgan 10 nafar o‘quvchilar mazkur ustaxonada faoliyat yuritishmoqda. Hozirga qadar o‘quvchilar tomonidan 50 ga yaqin mahsulot tayyorlandi. Ustaxonada teri ishi hunarmandchiligi yo‘nalishida izlanishlar va tajribalar olib borilmoqda. Mazkur ustaxonani kelgusi 2023 yilda ijtimoiy tadbirkorlik sub’ektiga aylantirish rejalari qo‘yildi.

2022 yil tashkilotning institutsional jihatdan rivojlanishi bo‘yicha Yevroosiyo fondi tomonidan moliyalashtirilgan «Yangi start» loyihasi tashkilotni yangi bosqichga olib chiqib, keskin rivojlanishga olib keldi.

Shuni ta’kidlash joizki, ilgari tashkilot faoliyatini tashkil etish uchun yetarlicha moddiy texnik baza, malakali xodimlar, tashkiliy tuzilma va normativ standart hujjatlari bo‘lmagan. Tashkilotda jamoatchilik asosida rahbar va yollanma buxgalter faoliyat ko‘rsatgan. Hozirda tashkilot xodimlari soni 6 nafar bo‘lib, ular joriy yilning 9 oyi davomida NNTlarning rivojlanishi maktabida onlayn tahsil olib, sertifikatga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, loyiha natijalari bo‘yicha quyidagilarni aytish o‘rinli:

- loyihada maqsadli guruh sifatida qiyin ijtimoiy va iqtisodiy holatda bo‘lgan mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari belgilandi, ularga bepul xizmatlar ko‘rsatish uchun resurs markazi tashkil etildi. Bugungi kunda resurs markazi faoliyatida ingliz tili, rus tili, kompyuter savodxonligi kurslari, tadbirkorlik asoslari kurslari tashkil etilgan va trener o‘qituvchilar jalb etilgan. Hozirgi kunga qadar 40 nafar o‘quvchi tahsil oldi, ularning 10 nafari bepul o‘qitildi;

- tashkilotda barcha normativ huquqiy hujjatlar tuzilib, tashkilot faoliyati mazkur hujjatlarga muvofiqlashtirildi. Jumladan, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan strategik reja, marketing plan, resurs markazi, o‘quv kurslari va o‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi faoliyati nizomlari, fandrayzing rejasi, moliyaviy-hisob siyosati, kommunikatsiya rejasi va shu kabi hujjatlar amaliyotga tatbiq etildi.

Tashkilotning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida kovorking va o‘quv kurslari tashkil etildi. Ayni paytda binoning 2-qavati kovorking uchun jihozlangan va subijara asosida ijaraga berilgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar