• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat “Ziyonur” – ayollar va o‘smirlarga ko‘makdosh
Jamiyat

“Ziyonur” – ayollar va o‘smirlarga ko‘makdosh

  • 19.10.2022 / 22:31
  • 644
  • 0
111

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati, davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini rivojlantirishda samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan “Ziyonur” nodavlat notijorat tashkiloti ham hududlarda ayollar va o‘smirlarning huquqiy bilimlarini oshirish va ularning huquqlarini himoya qilish, ekologiya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy muammolarni hal etishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Jumladan, Farg‘ona shahridagi “Aziya” mehmonxonasida “Korrupsiya –taraqqiyot zavoli” nomli loyihasining taqdimoti o‘tkazildi. Yig‘ilishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti loyiha komponenti rahbari Nodira Zikrillaeva, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Baxrom Burxanidinovlar onlayn tarzda, Farg‘ona viloyati hokimligining oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlanova, Farg‘ona viloyati prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi Ravshan Raimdjanov, Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shukurjon Xolmatov, Farg‘ona viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi mas’uli Ulug‘bek Mamasidiqov va boshqa viloyat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

Qatnashuvchilar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar, bajarilishi zarur ishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mazkur masala yuzasidan viloyatimizdagi davlat idoralari va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, “Ziyonur” markazi tomonidan loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha o‘z takliflarini berdilar.

“Ziyonur” NNT ayollar va o‘smirlarni ijtimoiy-huquqiy va ekologik qo‘llab-quvvatlash markazi rahbari Nigora Xodjimatova “Korrupsiya –tarrakiyot zavoli” nomli loyiha taqdimotini o‘tkazib, uning mazmun-mohiyatini yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan yig‘ilish yakunida loyihada belgilangan ishlarni Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va Oltiariq tumani hududlarida to‘liq amalga oshirish bo‘yicha Farg‘ona viloyati prokuraturasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi va «Ziyonur» markazi NNT o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar