• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Sport “Neftchi” yulduzlari “Istiqlol” o‘yingohini porlatdi: O‘zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan Farg‘onada bo‘lib o‘tgan turnirda futbol faxriylari maydonga chiqdilar
Sport

“Neftchi” yulduzlari “Istiqlol” o‘yingohini porlatdi: O‘zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan Farg‘onada bo‘lib o‘tgan turnirda futbol faxriylari maydonga chiqdilar

  • 26.10.2022 / 13:22
  • 534
  • 0
111

Farg‘onada o‘zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan katta futbol bayrami bo‘lib o‘tdi.

Bayram tantanalarida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. O‘FA vitse-prezidenti Odil Ahmedov, Birodar Abduraimov, To‘lagan Isoqov va boshqa o‘zbek futbolining faxriy yulduzlari, futbol jamoatchiligi vakillari “Istiqlol” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Farg‘ona viloyati faxriylar terma jamoalari ishtirokidagi Do‘stlik turnirida ham bo‘ldilar.

Har bir o‘yin bir taym 25 daqiqadan iborat bo‘lgan turnirning dastlabki uchrashuvida O‘zbekiston va Tojikiston faxriylar terma jamoalari maydonga chiqdilar. Odil Ahmedov, Azamat Abduraimov, Shuhrat Maqsudov, Usmon Toshev kabi taniqli o‘zbek futbolchilari farg‘onalik muxlislar qarshisida ajoyib o‘yin namoyish etib, 1:0 hisobida ustun keldilar. Yagona golga Odil Ahmedov mualliflik qildi.

Anvar Berdiyev, Akmal Xolmatov, Mansur Saidov, Sergey Lebedev kabi “Neftchi”ning yaqin o‘tmishdagi yulduzlari Abdusamad Do‘rmonov ustozligida Qirg‘iziston faxriylar terma jamoasiga qarshi maydonga chiqishdi. Anvar Berdiyev va Sherzod Raimjonovning chiroyli gollari 2:0 hisobidagi viloyatimiz jamoasi g‘alabasini ta’minladi.

O‘zbekiston va Farg‘ona viloyati faxriylar terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasiga nasib etdi: 4:2

Uchinchi o‘rin uchun bahsda tojikistonlik futbolchilar Qirg‘iziston jamoasi ustidan ishonchli g‘alaba qozondilar: 3:0

Tadbir davomida bir qator farg‘onalik futbol faxriylariga va jonkuyarlariga ko‘krak nishonlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

El suygan san’atkor Gulasal Abdullayeva ijrosidagi qo‘shiqlar hamda “Bravo” jamoasi chiqishlari bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar