• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Qadri baland qadriyatlar
Jamiyat

Qadri baland qadriyatlar

  • 31.10.2022 / 15:07
  • 805
  • 0
111

Inson qadrini ulug‘lash, izzat-hurmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami kundan kunga kengayib bormoqda. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish singari ezgu tashabbuslar oilalarga quvonch, shodlik olib kirmoqda.

Oltiariq tumani mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib o‘tgan xayr-ehson, saxovat tadbirlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi, ko‘ngil so‘raldi.

 O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi raisi Dilshodbek Usmanov Oltiariq tumani “Navbahor” MFYda istiqomat qiluvchi ikkinchi guruh nogironi Mashrab Mirzarahimov xonadonida bo‘ldi. Unga “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan nogironlik aravachasi va oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.

“Yangiarab” MFYda istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironi Muhriddin Homidovga ham mehr-saxovat ko‘rsatildi. 1993 yilda tug‘ilgan Muhriddin bir necha yildirki, xasta. Onasi “Ayollar daftari”da turadi. “Mahalla” xayriya jamoat fondi ijtimoiy himoyaga muhtoj bu oilaga nogironlik aravachasi va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdi.

– Yaxshilar ko‘magini his qilib yashaymiz, – deydi “Jo‘rak” MFYda istiqomat qilayotgan Shahzoda Dadaxonova. – Saxovatli kishilarning borligiga shukur. Qo‘ldan kelgan yordamlarini berib kelishmoqda. Bugun nogironlik aravachasi sovg‘a qilishdi, bu men uchun juda katta imkoniyat.

Mehr-saxovatga yo‘g‘rilgan tadbirda “Uzumchi” MFYda istiqomat qiluvchi Murodjon Ko‘shaqov ham bahramand bo‘ldi. “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan bu oilaga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim qilindi.

Ma’lumot o‘rnida aytganda, joriy yilning 9 oyi davomida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat bo‘lim boshqaruvi tomonidan nogiron, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga 13 ta nogironlik aravachasi yetkazib berildi. Bundan tashqari, 58 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash maqsadida ular umumiy qiymati 23 mln. so‘m bo‘lgan zamonaviy tikuv va maishiy texnika vositalari bilan ta’minladi. Shuningdek, 655 nafar fuqarolarga 75 mln. so‘mlik kundalik iste’mol mahsulotlari yetkazildi, 312 nafariga 262 mln. so‘mdan ortiq moddiy yordam ko‘rsatildi.

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar