• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Sport «Mahalla kubogi»ning tuman bosqichi yakunlandi
Sport

«Mahalla kubogi»ning tuman bosqichi yakunlandi

  • 04.11.2022 / 20:23
  • 520
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabr kungi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida «Mahalla» xayriya jamoat fondi, sportni rivojlantirish, madaniyat, xalq ta’limi, ichki ishlar bo‘limlari, Milliy gvardiya, tibbiyot birlashmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi qo‘shma qaroriga asosan Yozyovon tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sportning stol tennisi bo‘yicha «Mahalla kubogi» turnirining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu musobaqada mahalla yoshlari – 13-16 yoshdagi havaskor o‘g‘il va qizlardan iborat jamoalar ishtirok etdi. Tadbirda yoshlar o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishlarini yana bir bor isbotladilar. Mahalla yoshlari o‘rtasida qizg‘in bahs ketdi. Ushbu sportni o‘tkazishdan maqsad yoshlarni sportga qiziqtirish, ularning vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni rivojlantirishdir.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Xonobod MFY jamoasi 1-o‘rin, Yoshlik MFY jamoasi 2-o‘rin va Toshhovuz MFY jamoasi 3-o‘ringa sazovor bo‘ldilar. Musobaqa ishtirokchilari «Mahalla» xayriya jamoat fondining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar