• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Farg‘ona issiqlik elektr markazida quvvati 1800-2000 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stantsiyasi o‘rnatilmoqda
Iqtisodiyot

Farg‘ona issiqlik elektr markazida quvvati 1800-2000 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stantsiyasi o‘rnatilmoqda

  • 10.11.2022 / 22:22
  • 315
  • 0
111

Farg‘ona IEM 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumida aholini, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini va ijtimoiy soha obʼektlarini issiqlik va elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash maqsadida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirib, shay holatga keltirildi.

Korxonada mavsumga hozirlik ko‘rish davomida qurilmalarda mukammal va joriy taʼmirlash ishlari olib borildi. Bu haqda “Issiqlik elektr stantsiyalari” АJ Matbuot xizmati xabar qildi.

photo_2022-11-10_18-43-33

Dunyo miqyosida neft, gaz, ko‘mir kabi qazilma boyliklarining zahirasi qisqarishi hisobiga tannarxi oshib borayotgan hozirgi sharoitda aholini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun “yashil energiya”ni rivojlantirish dolzarb masala sanaladi. Shu bois, Farg‘ona IEMda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Farg‘ona IEM tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4422-son qarori ijrosini bajarish yuzasidan 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan.

Unga asosan, o‘tgan davr davomida avtoturargoh, harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati binosi, ishlab chiqarish sexlari, maʼmuriyat binosi kabi qator inshootlarga quyosh panellari asosida ishlovchi uskunalar o‘rnatildi. Buning evaziga joriy yilning o‘tgan davrida 200,2 ming kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilindi.

photo_2022-11-10_18-43-31

Davlat rahbari raisligida 2022-yilning 10-iyun kuni iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obʼektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida ham elektr markaz tomonidan keng ko‘lamli ishlar olib borilyapti.

Xususan, joriy yilning iyul oyida korxonaning Qozon tsexi binosiga 60 kVt quvvatdagi quyosh foto elektr stantsiyasi o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi. Bu o‘z navbatida, korxonada yillik issiqlik energiyasini 47,5 Gkalga, elektr energiyasini esa 108 ming kVt/soatga tejash imkonini bermoqda. Shuningdek, markazning mavjud binolariga 13 dona jami 2600 litrlik quyosh suv isitgichlari o‘rnatildi.

photo_2022-11-10_18-43-34 (2)

Аyni kunlarda Farg‘ona issiqlik elektr markazida quvvati 1800-2000 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stantsiyasini bunyod etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu quyosh panellari “On-Grid” rejimida ishlashini hisobga olganda yiliga 7-8 mln. KVt qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarish va yoqilg‘i resurslarini tejash, atmosferaga zararli gazlarning chiqishini kamaytirish imkonini beradi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar