• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Yashillikka burkanayotgan mahallalar
Jamiyat

Yashillikka burkanayotgan mahallalar

  • 16.11.2022 / 14:55
  • 278
  • 0
111

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” Farg‘ona viloyatidagi mahallalarda ham katta uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Yo‘l bo‘ylari, aholi yashash maskanlari, mahalla guzarlarida “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, shahar va tuman bo‘linmalari tashabbusi bilan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib parvarishlanmoqda.

Toshloq tumanidagi “Quyi Yakkatut“ mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi hamda Toshloq tuman Ekologiya partiyasi va mahalla faollari bilan hamkorlikda yo‘l bo‘ylariga 120 tupdan ortiq manzarali ko‘chatlar ekildi.

Qo‘shtepa tumanida bo‘lib o‘tgan “YAshil makon” tadbirlari o‘ziga xos uyushqoqlik bilan boshlandi. Ko‘chat ekish jarayonida “Fayz” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Nufuz” ko‘chasiga 200 tupdan ortiq sara ko‘chatlar o‘tqazildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yil oxiriga qadar viloyat mahallalarida 75 million tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekiladi.

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar