• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Rishtonda tibbiyot xodimini kaltaklagan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Huquq

Rishtonda tibbiyot xodimini kaltaklagan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

  • 16.11.2022 / 21:30
  • 220
  • 0
111

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yilning 12-noyabr kuni soat 04:00 larda Rishton tumani Oqtomir MFYda yashovchi fuqaro T.T. tuman tez tibbiy yordam boʻlimiga qoʻngʻiroq qilib, otasi 1942-yilda tugʻilgan T.Gʻ. ning sogʻligi yomonlashganligini maʼlum qilgan. 

Tez yordam xodimlari T.T. ning yashash xonadoniga borib, bemorga birinchi tibbiy yordam koʻrsatib, uning qon bosimi koʻtarilganligi sababli tuman markaziy shifoxonasiga olib ketayotgan vaqtlarida bemor T.Gʻ. vafot etgan. 

Otasining vafot etganligidan gʻazablangan T.T. va uning oʻgʻli Gʻ.X.lar tez yordam xodimi B.Z. ni urib, unga tan jarohati yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar