• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Farg‘onada faxriy sudyalar bilan uchrashuv tashkillandi
Huquq

Farg‘onada faxriy sudyalar bilan uchrashuv tashkillandi

  • 22.11.2022 / 20:14
  • 512
  • 0
111

Farg‘ona viloyati sudi tomonidan uzoq yillar sohada faoliyat yuritib, ayni paytda qarilik gashtini surayotgan faxriylar bilan sudyalar hamda tizimda mehnat qilayotgan xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

photo_2022-11-22_20-35-26

Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yurtimiz miqyosida “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” degan bosh g‘oya asosida mamlakat bo‘ylab keksalar haftaligi o‘tkazildi. Jumladan, haftalik doirasida Farg‘onada tashkil etilgan tadbirda Karimjon Talibov, Mavjuda Ro‘zieva, Munavvar Raximova kabi faxriylar sud tizimining ular ishlagan davr hamda ayni paytdagi shart-sharoitlarini taqqoslab gapirib berishdi.

photo_2022-11-18_09-11-41

Bugungi qulaylilar xodimlarning izlanishlari, bilim va tajribasini, dunyoqarashini, kasb mahoratini oshirib borishlari uchun har jihatdan yetarlicha imkoniyat berishini taʼkidladilar. Muloqotlar davomida ustozlarning sudyalar va navqiron xodimlarga ibrat bo‘ladigan fikr-mulohazalari, pandu-nasihatlari tinglandi.

3

Tadbir doirasida barcha faxriy-nuroniylarning Rishton tumanidagi hunarmadchilik markazi hamda Qo‘qon meʼmoriy yodgorligi hisoblangan Xudoyorxon o‘rdasiga tashrifi uyushtirildi.

1

6

Eʼtiborlisi, sud faxriylarining sudlarda o‘tkaziladigan maʼrifat soatlariga jalb qilib, ularning boy amaliy tajribalarini doimiy o‘rganib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar