• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Fargʻona viloyat sudi bloger Komil Axmedovga oid jinoyat ishi yuzasidan rasmiy izoh berdi
Huquq

Fargʻona viloyat sudi bloger Komil Axmedovga oid jinoyat ishi yuzasidan rasmiy izoh berdi

  • 24.11.2022 / 16:34
  • 646
  • 0
111

Maʼlum qilinishicha, bloger Komil Axmedov Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi QOQONJONIM sahifasi boshqaruvchisi yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelib, 2022-yilning mart oyi oʻrtalarida mazkur sahifada asossiz sharhlarni yozgan. Oqibatda Qoʻqon shahar hokimi M.Usmonov va fuqaro Ya.Madaminovni ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblab, ularni obroʻsizlantirib, sharmanda qiladigan uydirmalarni internet tarmogʻiga joylashtirib, tuhmat qilgan.

Bundan tashqari K.Axmedov jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2022-yil 22-mart kuni Facebook ijtimoiy tarmogʻida “Qoʻqon bolalari bitta istirohat bogʻiga arzimaydimi?”, deb nomlangan bildirishga asossiz sharhlarni tayyorlab, ularni uydirma ekanligini bila turib, 54 mingdan ortiq obunachilarga ega boʻlgan QOQONJONIM sahifasiga joylashtirish orqali tarqatib, M.Usmonovni ogʻir jinoyatni sodir etganlikda ayblagan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudining 2022-yil 21-noyabr kunidagi hukmi bilan K.Axmedov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

K.Axmedov zimmasiga jazoni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini oʻzgartirmaslik hamda aloqa vositalaridan, shu jumladan internetdan foydalanmaslik kabi qoʻshimcha taqiqlar yuklangan.

Unga ushbu sud hukmidan norozi boʻlgan taqdirda Fargʻona viloyati sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat qilish huquqi tushuntirilgan.

Shu kunga qadar birinchi instansiya sudining mazkur hukmi ustidan sudlanuvchi yoki boshqa taraflardan apellyatsiya shikoyati yoki protesti kelib tushmaganligi maʼlum qilingan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar