• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Oilalar yarashishi farzandlar quvonchiga sabab bo‘lmoqda!
Jamiyat

Oilalar yarashishi farzandlar quvonchiga sabab bo‘lmoqda!

  • 25.11.2022 / 12:53
  • 417
  • 0
111

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan byuro organlarida joriy yilning 17-25 noyabr kunlari “Dolzarb aliment haftaligi” deb e’lon qilingan.

Shunga binoan, Byuroning markaziy mahkamasi hamda Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan “Aliment undiruvi dolzarb 10 kunligi” tadbirlari doirasida Farg‘ona shahridagi kasb-hunarga o‘rgatish Monomarkazida fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli va mehnat yarmakasi tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida aliment to‘lash majburiyatini olgan qarzdorlar bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 17 ta ajrashgan oilalar yarashtirilib, 23 nafar voyaga yetmagan farzandlar oila bag‘riga qaytarilishiga erishildi.

Shu bilan birga, tadbirlarda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari ham tashkil etilib, mehnat yarmarkalarida 22 nafar qarzdorlar ishga joylashtirildi va aliment undiruvi qarzdorlarning oylik ish haqlariga qaratildi. Shuningdek, 137 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 241,9 mln. so‘m aliment pullari undirilishiga erishildi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida oilalarning yarashtirilishini, aliment mablag‘larini bank plastik kartasi orqali to‘lanishini ta’minlash, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan qarzorlarga nisbatan sudlarda ko‘rilayotgan huquqiy ta’sir choralarni yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar