• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirilishining oldi olindi
Jamiyat

Pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirilishining oldi olindi

  • 29.11.2022 / 11:01
  • 598
  • 0
111

Mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan hamda xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirilishi va saqlanishiga bojxona organlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tizimli ravishda qarshi kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Vodil-Oltiariq” yo‘nalishida harakatlanib kelgan fuqaro Z.M. boshqaruvidagi “Orlando” rusumli avtotransport vositasi Oltiariq tumani hududida to‘xtab turgan vaqtida belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 30 million so‘mlik 3 turdagi jami 384 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Yana bir shunga o‘xshash holatda, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX ChQ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan pirotexnika vositalarining noqonuniy saqlanishiga chek qo‘yishga qaratilgan maqsadli “YaMA” tezkor tadbiri davomida, Dang‘ara tumanida yashovchi fuqaro A.I.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 20 million so‘mlik jami 105 600 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar