• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Yashil makon: ekilgani emas, koʻkargani hisob!
Iqtisodiyot

Yashil makon: ekilgani emas, koʻkargani hisob!

  • 30.11.2022 / 11:46
  • 750
  • 0
111

Fargʻona tumanidagi “Vodil ip yigiruv” shoʻba korxonasining yordamchi tutchilik xoʻjaligida “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, viloyat “Agro pilla” MCHJ bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tut koʻchatlari ekish va parvarishlash mavzusida amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Unda pillachilikning muhim ozuqa bazasi boʻlgan tutchilikni rivojlantirish, ekilgan nihollarni kuz-qish mavsumida parvarishlash, payxongarchilikni oldini olish, ipakchilik yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan  fermer va kasanchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, serhosil tut navlarini yaratish agrotexnikasi xususida fikr almashildi.

Koʻrgazmali seminar doirasida ming tupdan ortiq yangi tut koʻchatlari oʻtqazildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar