• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Farg‘onada “Nodirabegim” markazining “Oltin nihol” loyihasiga start berildi
Jamiyat

Farg‘onada “Nodirabegim” markazining “Oltin nihol” loyihasiga start berildi

  • 30.11.2022 / 21:08
  • 372
  • 0
111

Bugun, 30 noyabr kuni Farg‘ona shahar “Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi”da O‘zNNTMА Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi va “Nodirabegim” markazi bilan hamkorlikda taqdimot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan Davlat granti g‘olibi bo‘lgan “Nodirabegim” markazining “Oltin nihol” mavzusidagi loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat sog‘liqni saqlash ekspert guruhi, viloyat Endikrinologiya markazi, Farg‘ona tumani MFYlardagi poliklinika vrachlari va tibbiy patranaj xamshiralar, Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari hodimlari hamda O‘zNNTMА huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari, OАV vakillari ishtirok etdi.

“Nodirabegim” markazining “Oltin nihol” loyihasi qandli diabet bilan kasallangan nogiron shaxslarning turmush sifati darajasini yaxshilashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, aholi o‘rtasida “Covid-19” tarqalayotgan va xilma-xil mutatsiyalarga uchrayotgan paytida og‘ir kechayotgan yoki og‘ir asoratlarga olib kelayotgan qandli diabet kasalligining salbiy oqibatlarini yumshatish, qandli diabetning 1-turi bilan kasallangan bolalar, yoshlar va ularning oila aʼzolariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasallik bilan kurashish uchun zarur bilim va malakalarni kuchaytirish bo‘yicha davlat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida loyihani amalga oshirishga kelishib olindi.

Shuningdek, “Nodirabegim” markazi rahbariga O‘zNNTMАning aʼzolik guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar