• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Vazir oʻrinbosari Fargʻonada maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi
Fan va ta'lim

Vazir oʻrinbosari Fargʻonada maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi

  • 30.11.2022 / 22:09
  • 483
  • 0
111

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Onorboyev boshchiligidagi vazirlik masʼullaridan iborat ishchi guruh Fargʻona viloyatida murojaatlarni oʻrgandi. Bu haqida Fargʻona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

photo_2022-11-01_14-19-02

Ishchi guruh aʼzolari dastlab, Quvasoy shahridagi “Doʻstlik“ MFYda joylashgan “Vunderkind“ nomli DXSH asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurdi. Mazkur taʼlim tashkilotining umumiy sigʻimi 80 oʻrinli boʻlib, uni tashkil qilgan tadbirkor Sevara Rasulova bugungi uchrashuvda vazir oʻrinbosariga DXSH asosidagi MTTning sigʻimini 100 oʻringa oshirish masalasida murojaat qildi.

photo_2022-11-01_14-19-16

Tadbirkorning murojaatini eshitgan Bahodir Onorboyev uni qoʻllab-quvvatlashini taʼkidlab, shu kunning oʻzida “Vunderkind“ DXSH MTTning faoliyatini oʻrgandi va kerakli xujjatlarni shakllantirib vazirlikka taqdim qilishini aytdi.

photo_2022-11-01_14-19-33

Shundan keyin ishchi guruh aʼzolari Furqat tumanidagi tadbirkorlarning murojaatlarini ham oʻrgandilar. 

Tumandagi 52-sonli ONMTT taʼsischisi, tadbirkor Zahro Azimova ishchi guruh vakillariga onlayn davomat olishda maʼlum qiyinchiliklarga duch kelayotganini bildirdi. 

photo_2022-11-02_10-26-45 (2)

Vazirlik masʼullari murojaatga javoban mazkur taʼlim tashkilotiga tashrif buyurib, onlayn davomat olish jarayonini koʻrsatib oʻtishdi. Shu yerning oʻzida tarbiyalanuvchi oʻgʻil-qizlarni onlayn yoʻqlamadan oʻtkazib, tizimni sifatli ishlatish uchun tadbirkorga tegishli tavsiyalar berildi.

photo_2022-11-02_10-26-42

photo_2022-11-02_10-26-40

Shu tarzda murojaatlar manzilli tartibda hal etilmoqda, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar