
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati sodir boʻlgan YTH yuzasidan maʼlumot berdi.
Shu yil 28-noyabr kuni soat 09:30 larda Fargʻona viloyati Rishton tumani, Boʻston qishlogʻi hududida harakatlanib ketayotgan tuman IIB xodimi leytenant H.M. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina yoʻlning nosoz qismida texnik shikastlanishi oqibatida boshqaruvni yoʻqotib, yoʻlning qarama-qarshi tomoniga oʻtib ketishi natijasida, shu yoʻldan harakatlanib kelayotgan haydovchi H.Sh. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina bilan toʻqnashgan. Transport vositalarining xaydovchilari xushyor holatda boʻlishgan.
Sodir etilgan yoʻl transport hodisasi oqibatida “Spark” avtomobil haydovchisi H.M. “Damas” avtomobili haydovchisi H.Sh. hamda uning 3 nafar yoʻlovchilari turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi maʼlumotda.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari