• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Mansabdorlar yoki fuqarolar korrupsiyaga huquqiy ongi pastligidan emas, uning oqibatini bila turib qo‘l urmoqda
Huquq

Mansabdorlar yoki fuqarolar korrupsiyaga huquqiy ongi pastligidan emas, uning oqibatini bila turib qo‘l urmoqda

  • 01.12.2022 / 21:20
  • 480
  • 0
111

Korrupsiya – mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha belgilangan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suisteьmol qilishidan iborat bo‘lgan amaliyot hisoblanadi. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi.

Tarix zarvaraqlariga nazar solar ekanmiz, davlatchilik va jamiyat paydo bo‘libdiki korrupsiya ular bilan yonma-yon katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatʼiy nazar barcha mamlakatlarda hayot kechirib kelmoqda. Аfsuski, korrupsiya hozirda ham bizning jamiyatni tark etgani yo‘q. Mazkur so‘zlarimni hozirgi ochiqlik va oshkoralik printsiplari keng quloch yozgan vaqtda ommaviy axborot vositalari tomonidan korruptsion holatlar haqida eʼlon qilinayotgan yangiliklar tasdiqlaydi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon korrupsiyaga qarshi kurash muhim vazifalardan biri etib belgilandi. Davlatdagi barcha huquqni muhofaza etuvchi organlar tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida tuzilmalar vujudga keldi, O‘zbekiston Respublikasi 2008-yil 7-iyulda BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasini ratifikatsiya qildi, korrupsiyaga qarshi kurashda yetakchi xorijiy davlatlar tajribasi, xususan, qonunchilik sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurashda natija bergan xalqaro normalar milliy qonunchilikka joriy etildi.

Yuqoridagilarning natijasi sifatida, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Davlat rahbarining 2017-yil 7-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda yuqoridagi qonun, davlat apparati va fuqarolik jamiyati institutlarining ushbu xavfli illat bilan kurashdagi kuch va imkoniyatlarini birlashtirish imkonini bergani haqida taʼkidlagani, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash keng ko‘lam olganini anglatdi. Korrupsiyaga qarshi kurash davlat idoralari faoliyatini, ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oldi, mazkur kurashning mustahkam huquqiy bazasi yaratildi. Jumladan, “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”, “Elektron hukumat to‘g‘risida”, “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”, “Jamoatchilik nazorat to‘g‘risida”, “Sudlar to‘g‘risida” va boshqa qator qonunlar qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2020-yil 24-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo‘llagan Murojaatnomasida, “Bugungi kunda islohotlarimiz samarasi ko‘p jihatdan to‘rtta muhim omilga – yaʼni, qonun ustuvorligini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi qatʼiy kurashish, institutsional salohiyatni yuksaltirish va kuchli demokratik institutlarni shakllantirishga bog‘liq”-deb taʼkidlab, aynan jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash orqali korrupsiyaga qarshi kurashda ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkinligini eʼtirof etdi. Jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratgan holda, Prezident barcha davlat idoralari va boshqaruv organlari chiqarayotgan hujjatlar, mansabdor shaxslarning harakatlari faqat va faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq bo‘lishi shartligini taʼkidladi.

Halqimizda bir naql bor - “kasalni davolagandan uni oldini olgan avzal”. Xo‘sh, men bu bilan nima demoqchiman. Biz korrutsiyaga emas, korrutsiyaga shart-sharoit yaratib berayotgan holatlarga qarshi kurashishimiz va aholi savodxonligini oshirish orqali unga qarshi kurashishni uzoq muddatli va samarali mexanizmini yaratishimiz mumkin. Bu mexanizmni ishlashi davlat organlarini ichki va tashqi nazorat tartibidagi nazorat tizimi kengaytirish bilangina cheklanmasdan xalq nazoratini ham kuchaytirish muhim rolь o‘ynaydi. Xalq nazoratini ommaviy axborot vositalariga erkinlik berish yo‘li bilan amalga oshirishimiz mumkin.

Korrupsiyaga qo‘yidagi holatlar shart-sharoit yaratib berishi mumkin:

-         aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;

-         davlat sektorida xizmat qilayotgan davlat xizmatchilari daromadlarining xususiy sektorga topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi;

-         iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi;

-         mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;

-         inflyatsiyaning yuqori darajasi;

-         mamlakatdagi diniy va ahloq qoidalari.

Bugungi kunda mamlakatimizda uchrayotgan korrupsiya holatlari mansabdor shaxslar yoki pora taklif qilayotgan shaxslarning huquqiy ongi pastligidan kelib chiqayotganligi yo‘q, ular korrupsiya va pora berish oqibatlari haqida bila turib mazkur jinoyatga qo‘l urishmoqda.

Biz aholini korrupsiyaga nisbatan dunyoqarashini o‘zgartirish orqali aholi savodxonligini oshirishimiz va korrupsiyaga shart-sharoit yaratib berayotgan holatlarni bartaraf qilishimiz mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashda, ayniqsa kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qo‘yishning adolatli tartibda amalga oshirilishi o‘zining yuqori samarasini bergani ham xalqaro tajribadan maʼlum. Umuman olganda, korrupsiya butun dunyo uchun xavfli illat hisoblanadi, shu sababli mazkur sohada ko‘plab nufuzli xalqaro tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Аyniqsa, davlat xizmatlari markazlarining tashkil etilishi, tadbirkorlik yo‘nalishida qator to‘siqlarni olib tashlanishi, raqamli iqtisodiyotga o‘tilishi, hokimiyat, sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi aniq vazifalari belgilangani, ommaviy axborot vositalariga berilgan so‘z erkinligi, jamoatchilik nazorati o‘rnatilgani, tibbiyot va taʼlim sohalaridagi ijobiy o‘zgarishlar hamda kadrlarni tanlov asosida tayinlash kabilar korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy strategik yo‘nalishlar hisoblanadi. Davlat rahbari tomonidan olg‘a surilgan “halollik vaktsinasi” orqali ham korrupsiya balosiga to‘siq qo‘yish va uni kamaytirishga erishiladi. Korrupsiya illatiga qarshi kurash Prezident va davlat hokimiyati organlarining nazoratida bo‘lishi, jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish layoqatini oshiradi, mamlakatimizning investitsiyalarga ochiqligi va xalqaro obro‘sini yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tojidin Vaxobov 
jinoyat ishlari boʻyicha 
Fargʻona shahar sudining raisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar