• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi
Siyosat
Huquq

O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi

  • 02.12.2022 / 00:34
  • 730
  • 0
111

“Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–257-son, 28.11.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati maʼlum qildi.

Farmonga ko‘ra, Bosh prokuratura Аkademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilib, unda jinoyatlarni tergov qilish sohasida kadrlarni amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini taʼminlagan holda yagona yondashuv asosida tayyorlashga qaratilgan uzluksiz o‘quv tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tugatilib, uning shtat birliklari, o‘quv va moddiy-texnika bazasi Аkademiyaga o‘tkaziladi.

Аkademiya Bosh prokuratura tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Jinoyatlarni tergov qilish sohasida mutaxassislarni chuqurlashtirilgan maqsadli bazaviy tayyorlash va tergov hamda huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Аkademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.

2023/2024 o‘quv yilidan Аkademiyada tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida bakalavriat (3 yil) va magistratura (1 yil) bo‘yicha o‘quv jarayoni tashkil etiladi.

Bunda qabul kvotalari bakalavriat bo‘yicha – 250 nafargacha talaba, magistratura bo‘yicha – 50 nafargacha oliy yuridik maʼlumotli vakolatli davlat organlari xodimlarini tashkil etadi.

Аkademiyaning qabul parametrlari har yili Prezident tomonidan belgilanadi.

Аkademiyaga qabul qilishda abiturientlarning muayyan toifalariga respublikaning boshqa OTMga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, Vakolatli davlat organlari xodimlari uchun Аkademiyada tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirishning majburiy tartibi joriy qilinadi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar