• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Inson qadrini ulugʻlash va huquqiy manfaatlarini himoya qilish Konstitutsiyaning bosh gʻoyasidir
Huquq

Inson qadrini ulugʻlash va huquqiy manfaatlarini himoya qilish Konstitutsiyaning bosh gʻoyasidir

  • 03.12.2022 / 11:17
  • 352
  • 0
111

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning har yili keng nishonlanishi mustaqil Oʻzbekiston xalqining ozodlik, erkinlik va demokratik, huquqiy jamiyat qurish yoʻlidagi tantanasidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oʻzbek xalqining irodasi aks ettirilgan boʻlib, huquq va manfaatlarimizning qonun bilan himoyalanishi kafolatlangan. Huquq va erkinliklarimizning kafolati boʻlgan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligiga esa bu yil 30 yil toʻlmoqda.

Mamlakatimizda oʻtgan yillar mobaynida inson huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Avvalo, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalq hokimiyatchiligi prinsipining muhim qoidalaridan biri sifatida inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilab qoʻyildi.

Albatta, inson manfaatlari ustuvor boʻlgan yurtdagina yuksalish boʻladi, bunday davlat fuqarosi har tomonlama barkamol boʻlib, vatan uchun, xalq uchun joni-jahonini fido qilishga doimo tayyor boʻladi.

Inson huquqlari muammosi bugungi kunda insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biridir. Aynan inson huquqlarining taʼminlanganganlik darajasi bilan davlatning demokratik rivojlanganlik darajasi oʻlchanadi, inson huquqlari muayyan bir mamlakatda demokratik-huquqiy davlat barpo etish siyosatining oʻziga xos barometridir.

Zero, inson huquqlarini taʼminlash jamiyatning barcha jabhalardagi taraqqiyotning asosi, chunki inson huquqlari taʼminlangan jamiyatda raqobat muhiti paydo boʻladi hamda ijobiy oʻzgarishlar va yangilanishlar surʼatlari jaddalashadi hamda pirovardida demokratik huquqiy davlat qurish boʻyicha strategik maqsadga erishiladi.

Oʻtgan davr mobaynida Konstitutsiyamiz respublika mustaqilligining huquqiy poydevorini mustahkamlashda, barcha sohalardagi islohotlarni amalga oshirishda va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda muhim omil boʻlib xizmat qildi.

Shu bilan bir qatorda davr sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, mustaqilligimizning hamda insonlarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining chinakam kafolatiga aylandi.

Muxtasar qilib aytganda, asosiy qonunimiz mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish va modernizatsiya qilishda mustahkam huquqiy asos sifatida xizmat qilmoqda.

Binobarin, dunyoviy neʼmatlar orasida eng ulugʻi inson ekan, insonni ulugʻlash, uni ijtimoiy muhofaza qilish va har tomonlama kamol toptirish Konstitutsiyamizning asosiy gʻoyasiga aylangan.

Maxkamjon Abdubannabov
Jinoyat ishlari boʻyicha
Fargʻona shahar sudining sudyasi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar