• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat “Auksion oʻtkaziladigan kun va joyi haqida hech qanday maʼlumot olmadik”
Jamiyat

“Auksion oʻtkaziladigan kun va joyi haqida hech qanday maʼlumot olmadik”

  • 05.12.2022 / 11:26
  • 732
  • 0
111

Men Boxodir Shokirov bir joyga murojaat qilish, oʻz holatimdan kimgadir arz etish, men uchun juda qiyin. Biroq mening hozirgi ahvolim va atrofimda sodir boʻlgan vaziyatdan kelib chiqib, gapirishga majburman.

Prezidentimizning tegishli qarorlari bilan aholining ishsiz qatlamini ish bilan taʼminlash maqsadida 10 yil muddatga ijara asosida yer ajratish uchun men istiqomat qiladigan “Shar-shara” MFY vakillari tomonidan auksionda qatnashib, yer olish uchun elektron raqamli imzo rasmiylashtirishimni aytishdi. Biz boshqa men kabi sheriklarim bilan davlat xizmatlari orqali toʻlovni amalga oshirdik va elektron raqamli imzoni rasmiylashtirdik. Ammo auksion oʻtkaziladigan kun va joyi haqida hech qanday maʼlumot olmadik. Keyin xabar topganimizda bir “uddaburon boy” oʻz yaqinlarini auksionga kiritib, yerlarning katta qismini egallab olgan ekan. 
Natijada men va men kabi haqiqiy yerga muhtoj dehqonlar yersiz va oilani boqish uchun daromadsiz qoldik.

Meni 3 nafar farzandim bor. Bir qizim Toshkent davlat Jahon tillari universitetining ikkinchi kursida shartnoma asosida oʻqiydi. Uning oʻqishi uchun poytaxtda bir oyda 3 milliondan koʻp pul sarflanadi. Unga mablagʻ yetkazib berishga qiynalyapman va uni oʻqishdan chiqarib olishga majbur boʻlyapman. MFY tomonidan kontrakt summasining yarmini toʻlab berish imkoni borligini bilib, ularga murojaat qildim, lekin ijobiy yechim olmadim. 

Choʻntagi zoʻrlar va adolatsizlikdan aziyat chekayotgan mazlumning ohini eshitadigan biron kimsa topishning imkoni yoʻqdek koʻrinyapti. Viloyat mutasaddilaridan yer bilan bogʻliq holatni oʻrganib, muammo va kamchiliklarga yechim topishlarini soʻrayman.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar