• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Fargʻonada IIB inspektori oʻzini qurolidan otib jarohatladi
Huquq
Voqealar

Fargʻonada IIB inspektori oʻzini qurolidan otib jarohatladi

  • 05.12.2022 / 18:30
  • 477
  • 0
111

Toshloq tumanida profilaktika inspektori tabel quroli bilan oʻzini bosh qismidan jarohatlagan. Bu haqida Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Toshloq tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant A.U. joriy yilning 5-dekabrda tungi xizmatdan chiqib, tuman IIBda oʻtkazilgan ertalabki yoʻriqnomaga kelmagan hamda u bilan bogʻlanishning imkoni boʻlmagan.

Oʻtkazilgan surishtiruv ishlari davomida katta leytenant A.U. yashash xonadonidan taxminan 3 km uzoqlikdagi Besarang qishlogʻi hududidan oqib oʻtuvchi “Katta Fargʻona” kanali yoqasidagi yoʻlining chetida, oʻziga tegishli boʻlgan “Spark” rusumli avtomobilida oʻziga biriktirilgan PM tabel quroli bilan bosh qismidan jarohatlangan, koma holatda topilgan va zudlik bilan tibbiy muassasaga joylashtirilgan.

Aniqlanishicha, xodim, ijtimoiy tarmoqlarning “1xbet” ilovasidan foydalanib, joriy yilning avgust oyida 45 mln. soʻm yutqazganligi uchun, qarzdorlik muammosi hal etilib, intizomiy tartibda jazolangan hamda viloyat IIB qoshidagi Intizomiy kengashning nazoratida boʻlgan.

Hozirda holat viloyat prokuratura organlari tomonidan oʻrganilmoqda.

Maʼlumot uchun: Respublika kesimida qimor oʻyinlari boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarliklar soni 2019-yilda 1 ming 454 ta tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilning 6 oyida 2 ming 325 taga yetgan. Ushbu oʻyinlarni tashkil etish bilan bogʻliq jinoyatlar 2019-yilda 55 ta boʻlsa, 2022-yilning 6 oyida 90 tadan oshgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar