• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan videoga izoh berildi
Huquq
Voqealar
Qiziqarli

Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan videoga izoh berildi

  • 07.12.2022 / 12:44
  • 1031
  • 0
111

Ijtimoiy tarmoqlarda Ishtixon tumani Ravot qishlog‘ida yashovchi nogiron fuqaro A.G‘. bo‘ynida zanjir bilan bog‘langanligi holati tarqaldi.

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Holat 2022-yil 15-noyabr kuni sodir bo‘lgan, deya ma’lum qilgan Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, Ishtixon tumani Ravot MFY Ravot qishlog‘ida yashovchi 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro A.G‘. (tug‘ma nogiron (kar-soqov)) 2004-yilda «Samarqand eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun» №-61 sonli maxsus maktab internatida o‘qib, 12-sinfni tugatgan, 2003 yildan buyon Ishtixon tumani Ravot MFY Ravot qishlog‘ida yashovchi tog‘asi J.A.ni qo‘lida tarbiyalaganligi, tog‘asi uni ushbu maxsus maktabda o‘qitganligi aniqlandi.

Ushbu fuqarodan mutaxassis (surdopedagog) ishtirokida tushuntirish olinganda, u uyidagi ro‘zg‘or yumushlarini bajarmaslik uchun o‘zini-o‘zi metal zanjir bilan bog‘lab, qulf osib, u bilan birga turuvchi akasi (tug‘ma nogiron (kar-soqov)) A.M.dan ushbu holatni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatishini so‘rab, shu yo‘l bilan uy ishlaridan qutilishni maqsad qilganligini, ishidan pushaymonligini, hech kimga da’vosi yo‘qligini bayon qilgan.

Fuqaroning tog‘asi J.A.dan tushuntirish olinganda, u jiyaniga nisbatan bu kabi harakatlarni sodir etmaganligi, holatni ijtimoiy tarmoqqa chiqqanidan so‘ng bilganligini bayon qilgan.

Fuqaro Ishtixon tumani Tibbiyot birlashmasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning tanasida hech qanday tan jarohatlar aniqlanmagan.

Taraflardan tushuntirishlari hamda holat o‘rganilib, holat yuzasidan jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan rad qilish haqida qaror qabul qilingan, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar