• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Buvaydada sifatsiz bosilgan asfalt qaytadan bosildi
Jamiyat

Buvaydada sifatsiz bosilgan asfalt qaytadan bosildi

  • 17.12.2022 / 20:18
  • 776
  • 0
111

Avvalroq, open byudjet loyihasi boʻyicha qilinayotgan asfaltning sifatiga fuqarolarning eʼtirozlari aks etgan videoni eʼlon qilgan edik.

Buvayda tumani Ingʻirchoq MFY Tol qishlogʻi Yorqin koʻchasining 1,5 km qismiga asfaltobetondan qoplama qurishda bajarilgan ishlarning sifatsizligi boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tanqidiy videomaterial yuzasidan Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi Fargʻona viloyat hududiy boʻlinmasi tomonidan 2022-yil 13-dekabr kuni joyida oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish natijalari boʻyicha quyidagilar aniqlandi:
“Tashabbusli byudjet” loyihasining 2-mavsum natijalariga asosan jamoatchilik fikri asosida ichki koʻchalarni joriy taʼmirlash boʻyicha Buvayda tumani Ingʻirchoq MFY Tol qishlogʻi Yorqin koʻchasining 1,5 km qismiga asfaltobetondan qoplama qurish koʻrsatilgan.  Gʻolib quruvchi tashkilot – Buvayda tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi 483 057 015 soʻmlik shartnomani bajarish boʻyicha masʼuliyat olgan.

Oʻrganish paytida haqiqatdan ham ushbu obyektda qurilish jarayonida loyiha smeta hujjatlariga zid ravishda 210 metr qismiga sovuq havo sharoitida yotqizilishi natijasida asfaltobeton mahsuloti sifatsiz holatga kelib qolganligi aniqlandi. 

Bugungi kunda ushbu obyektda bajarilgan joriy taʼmirlash ishlari toʻlovga taqdim etilmaganligi maʼlum boʻldi. Pudratchi Buvayda tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasiga tegishli tartibda kamchilikni tezkor bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Bugun, 17-dekabr kuni yoʻlning sifatsiz 210 metr qismida qaytadan asfaltobeton bilan qoplash ishlari amalga oshirildi, deyiladi viloyat avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar