• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Chegaradan qonunga zid ravishda olib kirilgan tamaki hamda dori vositalari yo‘q qilindi
Iqtisodiyot

Chegaradan qonunga zid ravishda olib kirilgan tamaki hamda dori vositalari yo‘q qilindi

  • 22.12.2022 / 17:16
  • 507
  • 0
111

Yurtimizga noqonuniy olib kirilayotgan va tegishli hujjat hamda ruxsati mavjud bo‘lmagan mahsulotlar, shuningdek, daliliy ashyo tariqasida olingan mulklarning yo‘q qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2009-yildagi 200-sonli Qaroriga asosan, tegishli sudlarning ijro varaqalari asosida MIB tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Joriy yilning 21-dekabr kuni Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda muqaddam O‘zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan vaqtda ushlanib, huquqbuzar shaxslardan daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan va sud qaroriga asosan yo‘q qilinishi belgilangan 538 mln. 485 ming so‘mlik 63510 quti tamaki mahsulotlari hamda 415 mln. 495 ming so‘mlik 88 turdagi dori vositalari keng jamoatchilik ishtirokida yoqib yuborish orqali yo‘q qilindi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar