• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Аhmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot - kutubxona markazi haqida ayrim maʼlumotlar
Fan va ta'lim
Qiziqarli

Аhmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot - kutubxona markazi haqida ayrim maʼlumotlar

  • 24.12.2022 / 19:30
  • 1295
  • 0
111

Kutubxona 1899-yilda xalq muzeyi bo‘limi huquqida ochilgan, u vaqtda 853 nusxa kitob bo‘lib, kitobxonlar doirasi faqat shahar ziyolilaridan iborat bo‘lgan.

1956-yildan boshlab Farg‘ona viloyati tarixi, iqtisodi, madaniyati va atoqli arboblari hayotiga oid o‘lkashunoslik materiallarini yig‘ish bo‘yicha faol harakatlar boshlangan va hozirda 1 500 000 dan ziyod noyob axborot kartochkalariga ega o‘lkashunoslik kartotekasi tashkil etilgan.

Kutubxona 1970-yilda 500 ming nusxaga mo‘ljallangan uch qavatli maxsus jihozlangan va har tomonlama qulay binoga ko‘chib o‘tdi. Shu yili kutubxonaga Farg‘onani jahon ilm ahliga tanitgan buyuk vatandoshimiz IX asrda yashab ijod etgan o‘zbek olimi Аhmad Farg‘oniy nomi berilgan.

1977-yili shaharda bo‘lib o‘tgan sel ofati oqibatida kutubxonaning eng pastki qavatida joylashgan kitob saqlash bo‘limi suv ostida qoldi. 300 ming nusxadan iborat kutubxona jamg‘armasining uchdan bir qismi, asosan XIX asr boshida chop etilgan nodir adabiyotlarning bir necha mingi, 1920-1930-yillarda bosmadan chiqqan gazeta to‘plamlari va boshqa moddiy boyliklar yaroqsiz ahvolga keldi. Kutubxona jamg‘armasini qaytadan to‘ldirish zaruriyati tug‘ilib, keyingi yillar davomida bu vazifa davom etmoqda.

Bugungi kunda Аhmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi O‘zbekistonda yetakchi kutubxonalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi umumiy fondi 355 846 tani tashkil etadi.

Kutubxona fondi 273 316 nusxada kitoblar, 12 748 nusxada jurnallar va 4 247 ta gazeta yillik jamlanmalari, 65 535 elektron resurslardan tashkil topgan. Umumiy fondning o‘zbek tilida 106 662 nusxa, rus tilida – 239 396 nusxa, 9 788 nusxani boshqa tillar tashkil etadi.

Kutubxonada zamonaviy kompьyuter texnologiyalaridan foydalanib, kitobxonga xizmat ko‘rsatuvchi 14 tarkibiy xizmatlar (7 xizmat va 7 sektor) faoliyat yuritadi. Komplektlashdan tortib to kitob berishgacha bo‘lgan barcha kutubxona jarayonlari avtomatlashtirilgan. Barcha xodimlar kompьyuterda, avtomatlashgan ish joylarida hamda ofis texnikasi bilan ishlash ko‘nikmalariga ega.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar