• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Internet “to‘riga” ilinib hayoti chigallashib ketgan inson qismati
Jamiyat
Huquq

Internet “to‘riga” ilinib hayoti chigallashib ketgan inson qismati

  • 24.12.2022 / 20:07
  • 478
  • 0
111

Kundalik hayotimizda internet-ijtimoiy tarmoqlarining o‘ziga xos o‘rni borgan sari ortib bormoqda. Faqat undan to‘g‘ri maqsadlar yo‘lida foydalanishni hamma ham uddalay olgani yo‘q.

Boisi, Farg‘ona shahar sudi binosining ochiq sud majlisida fuqaro F.K.ning jinoiy harakatlariga qonuniy baho berildi. Sudlanuvchi va guvohlar ko‘rsatma, daliliy ashyolarni tinglab internet “to‘riga” ilingan inson qismati qanchalik chigallashib ketganiga achinasan. Xolbuki bunday bo‘lmasligi ham mumkin edi.

Sudlanuvchi internet jaxon axborot tarmog‘i hisoblangan “facebook” ijtimoiy tarmog‘idan foydalanib, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqatish maqsadida o‘zining shaxsiy sahifasini ochib, 2021-yil 19-iyul kuniga qadar 672 nafar vertual do‘stlar to‘playdi. Ularga jihod, mavjud tuzumga qarshi xatti-harakatlarga daʼvat etuvchi maʼruza va suhbatlarni joylab, tarqatish bilan shug‘ullanib kelganligi maʼlum bo‘ldi.

Jumladan, “Аbu Yusuf Muxojir” ismli shaxsning “Jihodsiz hayot xorlik hayotdir” nomli videomurojaati, “Mo‘jizalarni qanday taniymiz?”, “Ogoh bo‘ling, kufrga daʼvat!”, “Soqov shayton: zulm ko‘rgan inson jim turmasligi kerak. Haqni yashirgan odam - soqov shaytonga o‘xshaydi”, “Men demokratiyani kufr deb bilib”, “Ravvin Vays: Payg‘ambarlar ogohlantirgan! “Isroil yo‘q bo‘ladi”, “Nusrat nima? “Nusrat Islom nazarida ko‘p yerlarga xujum qilib, hukmronlik o‘rnatish emas...”, “Hadisi shariflarda mazammat qilingan boshliqlar va ular bilan muomala qilish kayfiyati...”, “Demokratiya kufr nizomi...”, “Bismillahir rohmanir rohiym, kofir g‘arb Islom ahkomlariga hech qanday aloqasi bo‘lmagan demokratik kufr...”, “Hizbut Tahrir - Suriya viloyati muborak Аqso masjidiga nusrat tadbirlarini o‘tkazdi...”, “Ey iymon keltirganlar! Аgar kufrni iymondan ustun ko‘rsalar, ota-onangiz va aka-ukalaringizni do‘st tutmang. Sizdan kim ularni do‘st tutsa, bas, ana o‘shalar, o‘zlari zolimlardir...” , “Jihod desa qo‘rquvdan, nima deyishni bilmaydigan va topgan gaplari bu “vovchiklar” gapi deb bahona kiladigon qo‘rqoqlar uchun oyat!” , “Ularga qarshi jang qilinglar!...”, “O‘zbekistondagi rijollarni hukumatga qarshi jang qilishlikni chaqiraman....”, “Halifalik davlati biz, yaʼni Islom ummati uchun qanchalik zarur”, “Hibsda qolayotgan va o‘g‘irlab ketilgan ustozlarimiz, birodarlarimiz uchun maxsus tabrik va uzrnoma...” mavzularida hamda “MS” word formatidagi matnli xabarlarni joylashtirish orqali, o‘z sahifasiga aʼzo bo‘lgan foydalanuvchilarga (vertual do‘stlar) yuqoridagi diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga daʼvat etadigan yohud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan matnli xabarlar va materiallarni tarqatib kelgan.

Farg‘ona shahar IIO FMB TEQKB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, unga tegishli bir dona “Iphone-7” rusumli telefon apparati xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olingan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning sud-adabiyotshunoslik ekspertizasi xulosasida, sudlanuvchi F.K.dan olingan uyali telefon apparati xotirasida aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan va uni targ‘ib qiluvchi materiallar hisoblanishligi, ularni mamlakatimiz hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanganligi ko‘rsatilgan.

Sudlanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida ishlab yurganida, qoraqalpag‘istonlik Mehribon ismli qiz bilan tanishib, avvaliga u bilan gaplashib turish uchun internet tarmog‘ining “facebook.com” saytidagi shaxsiy profilini ochgani, keynichalik o‘z profili orqali turli xil diniy mazmundagi guruhlarga aʼzo bo‘lgan. O‘ziga notanish bo‘lgan shaxslar do‘stlik so‘rovini taklif etishganda, ularni qabul qilgan. Profiliga guruhlardan kelib tushayotgan diniy matnli yozuvlar, video lavhalarni va diniy rasmlarni ko‘chirib olib, o‘z profilining “Publikatsiya” sahifasiga joylashtirib borgani aniqlandi. Profiliga joylashtirilgan mp4 formatidagi video fayllar orasida “Аbu Yusuf Muhojir” ismli shaxsning “Jihodsiz hayot xorlik hayotdir” nomli mp4 formatidagi videomurojaatni ham joylashtirgan va bu materiallarni facebook tarmog‘idagi do‘stlari va boshqa profilga kirgan barcha fuqarolar kirib ko‘rishlari mumkinligi aniqlandi.

Jazo tayinlanishida aybiga to‘liq iqrorligi va qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi, oilaviy sharoiti, yaʼni otasi vafot etgan bo‘lib, yolg‘iz onasi bilan birga yashab kelishi jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida baholanib, jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar yo‘qligini inobatga olib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Qilmish, qidirmish. Аvvaliga shunchaki o‘yin, havas, bilimsizlik, ko‘r-ko‘rona ish tutish, bir o‘smir hayotini zaharladi, jinoyat ko‘chasiga olib kirdi va mahalla-ko‘y, yaqinlari, do‘stlari oldida mulzam bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Shunday ekan hamisha ogoh va xushyor bo‘laylik.

Tojiddin Vaxobov 
Jinoyat ishlari bo‘yicha 
Farg‘ona shahar sudining raisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar