• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Farg‘onada ayol voyaga yetmagan qizlarga qo‘shmachilik qildi
Jamiyat
Huquq

Farg‘onada ayol voyaga yetmagan qizlarga qo‘shmachilik qildi

  • 25.12.2022 / 23:34
  • 665
  • 0
111

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining ochiq sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan sudlanuvchi O.А.(ayol)ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Fuqaro O.А.(ayol) oson yo‘llar bilan pul topish maqsadida 2022-yil 12-iyul kuni soat 23:00larda maxsus mijoz K.S va А.N.larga jinsiy aloqa qilishlari uchun 1.200.000 so‘m pul evaziga voyaga yetmagan S.Sh. va F.А.(qizlar)ni topib bergan. Ularga Farg‘ona shahrida joylashgan “SGN” nomli mehmonxona ish yurituvchisi А.E. bilan o‘zaro kelishib, ushbu mehmonxonada sharoit yaratib berish evaziga 400.000 so‘m pul berib, jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib, qo‘shmachilik qilgan.

Farg‘ona shahar IIO xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda А.E.dan tadbirda foydalanish uchun maxsus ishlov berilgan 400.000 so‘m, S.Sh.(qiz)dan 400.000 so‘m hamda O.А.(ayol)dan 400.000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Sud majlisida garchand, sudlanuvchi O.А. aybiga qisman iqror bo‘lib, qizlarni voyaga yetmaganliklarini bilmaganligini, ular yoshlarini 2003-yil ekanligini aytishganligi haqida keltirgan vajlarini quyidagilarga ko‘ra asossiz deb topib, rad etdi:

-         guvoh K.S.ning sudda, haqiqatdan ham 2022-yil 12-iyul kuni А.N. O.А.ga telefon qilib, jinsiy aloqa qilishlari uchun qizlar kerakligini aytganida, ayol unga 200.000 so‘mdan 600.000 so‘mgacha qizlar borligini aytganligini, shunda А.N. 600.000 so‘mlik qizlar qanaqa qizlar deb so‘raganida, 2005-yil voyaga yetmagan qizlar, ular og‘zi orqali ham jinsiy aloqa qilishlarini aytganligi haqidagi ko‘rsatuvi;

-         jinoyat ishi materiallariga ilova qilingan audioyozuvlarda va stenogrammada, O.А.ning “...bollar mindeda, pulini farqi kattada yoshlarida, vapshe chiroyli qizchalar, 2005-yil, kichkina kichkina qizchalar, mineti bor” degan so‘zlari.

Sudlanuvchi O.А. O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, hamda JKning 57-moddasini qo‘llab, 2 (ikki) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Tojiddin Vaxobov 
Jinoyat ishlari bo‘yicha 
Farg‘ona shahar sudining raisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar