• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Fuqaro 5000 dollar evaziga “Farg‘ona suv taʼminoti”ga tegishli yerni olib bermoqchi bo‘ldi
Huquq

Fuqaro 5000 dollar evaziga “Farg‘ona suv taʼminoti”ga tegishli yerni olib bermoqchi bo‘ldi

  • 27.12.2022 / 21:39
  • 460
  • 0
111

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining ochiq sud majlisida sudlanuvchi B.Yu.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Toshloq tumanida yashovchi B.Yu fuqarolarni aldash va ishonchni suisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, tanishi Sh.K bilan oldindan til biriktirib, 2022-yil mart oyi o‘rtalarida biron-bir vakolatlari mavjud bo‘lmasa-da, fuqaro J.S.ga “Farg‘ona suv taʼminoti” MChJ Uchko‘prik tuman bo‘limi balansida bo‘lgan 2 sotix yer maydonini 5.000 АQSh dollari evaziga korxonaning Farg‘ona viloyat boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytadi. Ish pulsiz bitmasligini, yuqoridagi mansabdorlarga pul berish kerakligini aytib, 2022-yilning 25-mart kuni Farg‘ona shahar markazida joylashgan avtoturargohda J.S.dan 1.500 АQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. U jinoiy harakatini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkaza olmagan.

Ish nimadan boshlangan: sudlanuvchi B.Yu fuqaro J.S bilan 2021-yil avgust oyida Farg‘ona shahrida birga maʼmuriy qamoq jazosini o‘tash muassasida tanishib qolishgan. 2022-yil fevral oyida J.S telefon orqali unga oziq-ovqat do‘konini qurib tadbirkorlik qilmoqchi ekanligini, faqatgina do‘konni qurish uchun yer izlayotganligini, o‘zi yashab turgan Uchko‘prik tumani “Suvoqova” tashkilotining tuman bo‘limiga tegishli bo‘lgan 2 sotix yerni topganligini, ammo yerni olish bo‘yicha ishlar “Suvoqova”ning viloyat boshqarmasi orqali hal qilinishini aytganidan so‘ng mazkur jinoiy ish amalga oshirilgan.

Sud unga O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 28,211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, uzil-kesil sutkaning soat 22:00 dan soat 06:00 gacha bo‘lgan vaqtida yashash joyidan chiqishini cheklashdan iborat 3 (uch) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Tojiddin Vaxobov 
Jinoyat ishlari bo‘yicha 
Farg‘ona shahar sudining raisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar