• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Bayram arafasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, kam ta’minlangan, nogironligi bor oilalar yo‘qlandi
Jamiyat

Bayram arafasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, kam ta’minlangan, nogironligi bor oilalar yo‘qlandi

  • 27.12.2022 / 23:20
  • 684
  • 0
111

Muhim sanalar, bayram tadbirlari doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga mehr-muruvvat ko‘rsatish an’analari bardavom bo‘lib bormoqda.

Yangi yil bayrami shukuhi kezib yurgan kunlarda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan ijtimoiy muhofazaga muhtoj, kam ta’minlangan, nogironligi bor oilalar yo‘qlandi, bayram sovg‘alari ulashildi.

“Yuqori archa” MFY hududida yashovchi uch nafar farzandning onasi Kelsinoy Karimova qandli diabet kasalligiga chalingan, o‘ng oyog‘i amputatsiya qilingani bois harakatlanishda qiyinchiliklarga duch kelayotgandi. Mahalla faollari uning xonadoniga kelishib, nogironlik aravasi va oziq-ovqat mahsulotlarini sovg‘a qilishdi.

2009 yilda tug‘ilgan Abdurasul G‘oipov bir necha yildirki yurak xastaligi bilan kurashib keladi. Ota-onasi ishsiz. Kam ta’minlangan, ehtiyojmand oila. Onasi “Ayollar daftari”da turadi. Yangi yil bayrami oldidan bu oilaga ham oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

– Mehr-muruvvatning katta-kichigi bo‘lmaydi, – deydi “Pastki archa” MFYda istiqomat qilayotgan Irodaxon Abdullaeva. – Shukur, mahalla faollari, jamoatchilik tez-tez xabar olib turibdi. Yangi yil bayrami kunlarida saxovatli kishilarning uyimizga kelishi ko‘nglimizni ko‘tardi. Hammalariga rahmat.

Anvarjon Isoqov nafaqaga chiqqunga qadar xaydovchilik qilgan. Oilasida 6 kishi yashaydi, o‘zi og‘ir xasta. Kam ta’minlangan, ehtiyojmand oila. “Mahalla” xayriya jamoat fondi bu oilaga ham bayram sovg‘alari ulashdi.

– Joriy yilning shu kuniga qadar “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun 655 mln 156 ming 400 so‘m mablag‘ ajratildi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona tumani bo‘linmasi raisi Orifjon Shabirov. – Ko‘lami keng ezgu ishlar yildan yilga bardavom bo‘lib bormoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytganda, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat bo‘lim boshqaruvi hamda shahar va tuman bo‘limlari qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisobidan shu kunga qadar 30 ming 610 nafar extiyojmand oilalar, 9 ming 743 nafar “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari”dagi 1089 nafar fuqarolarga 27 mlrd. 278 mln. 159 ming 600 so‘m mablag‘ sarflandi.

 

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar