• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Al-Fargʻoniy bogʻining orqasidagi soy boʻyi talonchilar uchun qulay joymi?
Huquq

Al-Fargʻoniy bogʻining orqasidagi soy boʻyi talonchilar uchun qulay joymi?

  • 27.12.2022 / 23:57
  • 432
  • 0
111

Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudining ochiq sud majlisida fuqarolar I.R. va J.X.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishini koʻrib chiqildi. 

Sudlanuvchilar I.R va J.X.lar 2022-yil 27-iyun kuni soat 17:30larda oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida oldindan til biriktirib, Fargʻona shahri markazidagi “Al-Fargʻoniy” istirohat bogʻiga keladi. Bogʻ oldidan oʻtgan Margʻilonsoy boʻyidagi piyodalar yoʻlakchasida ketayotgan A.A. ni koʻrib qolib, uni orqasidan kuzatib borishadi. Uning atrofida hech kim yoʻqligidan foydalanib, qoʻlidagi narxi 600.000 soʻmlik “Redmi Not4X” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, voqea joyidan qochib ketishgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida I.R.dan A.A.ga tegishli boʻlgan “Redmi Not4X” rusumli telefon apparati daliliy ashyo tariqasida olingan.

Sudlanuvchilar I.R va J.X.larning sodir etgan jinoyati oʻzlarining ayblariga toʻliq iqror boʻlib bergan koʻrsatuvidan tashqari, jabrlanuvchi A.A.ning suddagi koʻrsatuvlari, hodisa joyini koʻzdan kechirish bayonnomasi va unga ilova qilingan fotosuratlar hamda ishdagi toʻplangan boshqa dalillar bilan toʻliq tasdiqlandi.

Sud Oʻzbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, I.R. ga sutkaning soat 22:00 dan soat 06:00 gacha boʻlgan vaqtda yashash joyidan iborat 3 (uch) yilu 6 (olti) oy J.X.ga esa huddi shunday 3 (uch) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Tojiddin Vaxobov 
Jinoyat ishlari bo‘yicha 
Farg‘ona shahar sudining raisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar