• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan pillachilik klasterlari qay darajada samara beryapti?
Iqtisodiyot

Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan pillachilik klasterlari qay darajada samara beryapti?

  • 29.12.2022 / 10:30
  • 1014
  • 0
111

Maxsus laboratoriyada millionlab ipak qurti urug‘i birma-bir mikroskopda tekshirilib, navlarga ajratilishi, pillani qayta ishlash, undan tola ajratib olinishini ko‘rganmisiz? Farg‘ona viloyat “Аgro-Pilla” MChJ tomonidan tashkil etilgan press-tur davomida jurnalist va blogerlar shu kabi qiziqarli jarayonlar guvohi bo‘lishdi.

photo_2022-12-28_15-43-26 (2)

– Bugungi kunda viloyatda 6 ta pillachilik klasteri tashkil etilgan bo‘lib, tumanlar “Nurli tong silk” MChJ, “Beshariq ipagi” MChJ, “Dang‘ara ipagi” MChJ, “Silk world business” MChJ, “Vodil ipak yigiruv” ShK, “Uchko‘prik ipagi” MChJ korxonalariga biriktirilgan, – deydi viloyat “Аgro-Pilla” MChJ boshqaruv raisi Maqsudjon Qosimov. – Yil sayin ipak qurti yetishtirish, xom ashyoni qayta ishlashga zamonaviy texnika va texnologiyalarni tatbiq etyapmiz. Аholi bandligini taʼminlash va ularga doimiy daromad manbaini shakllantirish maqsadida kasanachilik asosida ishlashga o‘tyapmiz. 2022-yilda 97 ming nafardan ortiq ishsiz aholi bandligi taʼminlangan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni 2023-yilda 100 mingdan ortishi ko‘zda tutilgan. Viloyatdagi mavjud 3692 gektar maydondagi tutzorlar 14771 nafar axoliga 4 mavsum ipak kurti boqib, pilla yetishtirish bilan bandligini taʼminlash, shuningdek, tutzor kator orasidan ikkilamchi foydalanish orqali daromadlarini yanada oshirish uchun oilaviy pudrat shartnomasi asosida 10-30 sotixdan biriktirib berilmoqda.

photo_2022-12-28_15-43-29

Uning aytishicha, viloyatda parvarishlanadigan ipak qurti urug‘lari 2017-yildan buyon to‘liq viloyatdagi “Farg‘ona tut ipak qurti urug‘chilik korxonasi” MChJ va “Marg‘ilon muqobil ipak qurti urug‘chilik” MChJlarida tayyorlanadi. Ushbu korxonalarda joriy yilda jami 60 ming quti ipak qurtlari tayyorlanishi rejalashtirilgan, hozirda ipak qurtlari to‘liq tayyorlanib nazoratdan o‘tkazilmoqda.

Аsosan ipak qurtlarining naslli zotlari “Farg‘ona pilla naslchilik” MChJda tayyorlanadi. Bu o‘z navbatida xorijdan ipak qurti urug‘i importiga chek qo‘ymoqda. Bundan tashqari, ozuqa bazasini mustahkamlash uchun kam suv talab qiluvchi va serhosil tut navlarini ommalashtirishga eʼtibor qaratilyapti.

photo_2022-12-28_15-43-29 (2)

Press-tur qatnashchilari ipak qurti urug‘ini saralashdan tortib, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni kuzatdilar. Jumladan, “Nurli tong silk” MChJda xom pillani saralash, navlarga ajratish, qaynoq suvga solib, tola ajratib olish kabi bir necha jarayon guvohi bo‘lishdi. Korxonada ayni paytda 120 nafar ishchi faoliyat olib boradi. Ipak mahsulotlar Hindiston, Vetnam, Rossiya kabi davlatlarga eksport qilinadi. Joriy yilda 3,0 mln. dollar hajmda eksport amalga oshirildi.

photo_2022-12-28_16-01-56 (2)

Umuman, joriy yilda pillachilik klasterlari tomonidan qayta ishlangan ipak xom ashyosi 9 mln. 254 ming АQSh dollari miqdorida eksport qilindi. Shuningdek, 2022-yilda viloyatdagi pillani qayta ishlash korxonalari tomonidan 249 tonna xom ipak, 154,9 tonna ipak momig‘i, 536,5 ming pogonometr ipak mato, 340 dona ipak gilamlari to‘qildi. Bir so‘z bilan aytganda, viloyatda pillachilik tarmog‘i yil sayin rivojlanib bormoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar